OpenAI olimlar bir asrdan beri yeçolmagan matematik masalani yeçdi
OpenAI kompaniyasi deyarli bir asr davomida matematiklarni qiynab kelgan Nave–Stoks masalasini suniy intellekt yordamida hal qilganini malum qildi. Bu haqda OpenAI xabar berdi.
Nave–Stoks masalasi matematikadagi eng murakkab yeçilmagan masalalardan biri bölib, Clay Mathematics Institute tomonidan belgilangan 7 ta “Ming yillik muammosi” qatoriga kiradi. Ularning har birini töliq hal qilgan tadqiqotçi uçun 1 million dollarlik mukofot belgilangan.
OpenAI malum qilişiça, masalani hal qiliş uçun kompaniyaning eng sönggi GPT-6 Astra modeliga qaraganda kuçliroq içki suniy intellekt tizimidan foydalanilgan. Bir vaqtning özida qariyb 10 mingta mustaqil işlaydigan SI agenti masala ustida işlagan va yeçimga 88 soat içida erişilgan.
Kompaniya tadqiqotçisi Sebasten Byubek Nave–Stoks masalasining yeçimini sönggi bir yil davomida suniy intellekt imkoniyatlari rivojining “ajoyib yakuni” deb atagan. OpenAI malumotlariga köra, yeçimni tekşirişga GPT-6 Astra modeliga taxminan 17 soat kerak bölgan.
Nave–Stoks tenglamalari havo va suv kabi suyuqliklar harakatini tasvirlaşda qöllanadi. Masala uşbu tenglamalar muayyan şaroitlarda barqarorligini yöqotib, yeçimlar “portlab ketişi”, yani suyuqlik tezligi nazariy jihatdan çeksiz qiymatga yetişi mumkinmi, degan savolni örganadi. OpenAI taqdim etgan isbotga köra, bunday holat yuzaga kelişi mumkin.
Biroq kompaniyaning bayonoti olimlar örtasida bahslarga sabab böldi. Nyu-York universiteti professori, matematik Tristan Bakmaster OpenAI öz tadqiqoti haqida xabar topganidan keyin Nave–Stoks masalasi ustidagi işini tezlaştirganini bildirdi.
Bakmaster va Anthropic kompaniyasida işlaydigan boşqa tadqiqotçi ham mazkur masala böyiça öz natijalarini elon qiliş arafasida bölgan. Ular olib borayotgan işlarning bir qismi OpenAI serverlaridagi Codex modelida saqlangani sababli Bakmaster malumotlardan foydalanilgan bölişi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Şu bilan birga, olim bu holat böyiça OpenAI’ni ayblamaganini takidlagan.
“Men ularning modeli nima qilganini yoki qanday işlaganini bilmayman. Malumotlarimizdan foydalanilgan-qilinmaganini ham bilmayman. Heç kimni heç narsada ayblamayapman”, degan u.
OpenAI esa matematika böyiça iş olib borgan tadqiqotçilarning materiallaridan foydalanilgani yoki kompaniya serverlaridagi malumotlarga kirilganini rad etdi. Byubek kompaniya boşqa olimlarning işlaridan foydalanmaganini malum qildi.
Biroq OpenAI öz bayonotida tadqiqotçilarning mahsulotlaridan foydalanişi modellarni takomillaştirişga qandaydir tarzda hissa qöşgan bölişini töliq istisno qilib bölmasligini ham bildirgan.
Kompaniyaning aytişiça, Nave–Stoks masalasi ustida işlaşga boşqa “Ming yillik muammolari”dan ikkitasi yeçilgani haqida tarqalgan xabarlar turtki bölgan. OpenAI uşbu iş orqali suniy intellekt ilmiy tadqiqotlarni qay darajada tezlaştirişi mumkinligini körsatişni maqsad qilgan.
Matematika sohasida suniy intellektning imkoniyatlari sönggi vaqtlarda sezilarli darajada kengaymoqda. OpenAI may oyida qariyb 80 yil avval ilgari surilgan yana bir matematik muammo böyiça natijaga erişganini bildirgan, Google DeepMind esa öz modellari xalqaro matematika olimpiadasi darajasidagi masalalarni yeça olişini namoyiş qilgan.
Nave–Stoks masalasini hal qilgan matematik 1 million dollar mukofot olişi mumkin. Biroq OpenAI uşbu mukofot uçun davo qilmasligini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq OpenAI 13 yoşdan 17 yoşgaça bölgan ösmirlar uçun maxsus ÇatGPT versiyasini işga tuşirgandi.