Özbekistonda antidemping siyosati işlab çiqiladi
Özbekistonda joriy yilning noyabr oyigaça antidemping siyosati işlab çiqiladi. Bu haqda Prezident joriy yilning 27 avgust kuni imzolagan “Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida söz boradi.
Unga köra, antidemping çoralarini qöllaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi qonun va Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqiladi.
Loyihada sifatsiz va demping narxdagi import mahsulotlarga nisbatan antidemping çoralarini qöllaş hamda bojxona boji stavkalarini qayta körib çiqiş nazarda tutiladi.
Malumot uçun, xorijiy kompaniya öz mahsulotini öz mamlakatidagi içki narxidan yoki öziga tuşiş tannarxidan sezilarli darajada arzon narxda boşqa davlatga eksport qilişi demping deyiladi. Bunday siyosatdan maqsad – raqobatçilarni bozordan siqib çiqariş va vaqt ötib öşa bozorda monopoliya örnatiş.
Antidemping esa içki bozorni va mahalliy işlab çiqaruvçilarni xorijdan olib kirilayotgan arzonlaştirilgan (demping narxdagi) tovarlardan himoya qilişga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy çoralar tizimi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokidagi joriy yilning birinçi yarmida erişilgan natijalar va yil yakunigaça qilinadigan işlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişida ayrim import mahsulotlari demping narxda yoki kontrafakt sifatida kirib kelayotgani mahalliy işlab çiqaruvçilar raqobatiga salbiy tasir körsatayotgani aytilgan edi.