USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston çegarasida tunnel qaziganlar uçun jazo oğirlaştiriladi

79 марта
Ўзбекистон чегарасида туннель қазиганлар учун жазо оғирлаштирилади

Özbekiston çegarasida noqonuniy tunnellar qaziganlik uçun alohida jinoiy javobgarlik belgilanadi. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni Senatning 19-yalpi majlisida muhokama qilingan “Özbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasini qöriqlaş hamda himoya qilişni yanada kuçaytirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunda söz boradi.

Majlisda qayd etilişiça, keyingi yillarda Özbekistonda davlat çegaralarini muhandislik jihatidan mustahkamlaş, çegara qöşinlarining moddiy-texnika bazasini kuçaytiriş hamda milliy xavfsizlikni taminlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.

Şu bilan birga, transmilliy jinoyatçilikning yangi körinişlari, xususan, davlat çegarasi orqali yerosti tonnellarini quriş va ulardan noqonuniy foydalaniş holatlari mavjud qonunçilikni yanada takomillaştiriş zaruratini yuzaga keltirgani qayd etilgan.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonovning aytişiça, 2016-2025 yillar davomida davlat çegarasida 12 ta noqonuniy yerosti inşooti va tunnellar qurilgani aniqlangan.

“Eng taşvişlisi, uşbu tunnellar orqali mamlakatimizga bojxona nazoratidan yaşirin holda juda katta miqdordagi tovarlar olib kirilgan. Jumladan, Farğona va Andijon viloyatlarida aniqlangan tunnellar orqali 30 milliard sömdan ortiq tovar-moddiy boyliklar, 137 turdagi tovarlar, 3,7 million AQŞ dollari hamda 5 kilogramdan ortiq oltin yombilari mamlakatimizga noqonuniy ravişda olib kirilgan, deydi”, deydi Qutbiddin Burxonov.

Şuningdek, uning malum qilişiça, 2023 yilda Andijon viloyatida aniqlangan 10-12 metr çuqurlikda qariyb 400-420 metr uzunlikda bölgan elektr yoritiş va havo almaşinuv tizimi bilan jihozlangan yerosti tunnelli jinoiy guruhlar qanday darajada puxta tayyorgarlik körayotganligini körsatadi. 

Qonun bilan Jinoyat kodeksida davlat çegarasi orqali yerostida noqonuniy tonnellar va boşqa infratuzilma obektlarini quriş, ulardan foydalaniş, bunday faoliyatni taşkil etiş yoki moliyalaştiriş uçun alohida jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Şuningdek, ana şunday noqonuniy inşootlardan foydalangan holda davlat çegarasini kesib ötganlik yoki kontrabanda jinoyatlari sodir etganlik uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda.

Bundan taşqari, qonunda insonparvarlik tamoyili ham öz ifodasini topgan. Xususan, birinçi marta uşbu turdagi qilmişni sodir etgan şaxs öz ixtiyori bilan davlat organlariga noqonuniy tonnel haqida xabar bersa yoki jinoyatni foş etişga faol kömaklaşsa hamda uning harakatlarida boşqa jinoyat tarkibi bölmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinişi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan özgartişlarga muvofiq davlat çegarasi orqali yerostida noqonuniy tonnellar quriş va ulardan foydalaniş bilan boğliq jinoyatlar böyiça dastlabki tergov harakatlarini Davlat xavfsizlik xizmati organlari tergovçilari amalga oşirişi belgilanmoqda. Bu mazkur turdagi jinoyatlarni tezkor aniqlaş va samarali tergov qiliş imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Muhokama davomida senatorlar mazkur qonun davlat çegarasi daxlsizligini mustahkamlaş, transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş, milliy va iqtisodiy xavfsizlikni taminlaş hamda mamlakatimizda tinçlik va barqarorlikni yanada mustahkamlaşda muhim huquqiy asos bölib xizmat qilişini takidlagan.

Senatorlar qonunni maqullagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq uşbu majlisda “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi qonun senatorlar tomonidan maqullangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: