1,1 mlrd sömlik oltinni içki organlariga yaşirganlar uşlandi
Namangan aeroportida 5 nafar fuqaro 1,1 mlrd sömlik oltinni yaşirinça Hindistonga olib çiqişga uringani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Bojxona boşqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan aeroportida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida “Namangan – Dehli” yönalişida Hindistonga uçib ketmoqçi bölgan Andijon va Farğona viloyatlarida yaşovçi 5 nafar fuqaro maxsus tekşiruvdan ötkazilgan.
Tekşiruvda fuqarolar özlarining içki organlaridan “jonli konteyner” sifatida foydalanib, jami oğirligi 555 gramm bölgan quyma oltin bölaklari va 200 gramm zargarlik buyumlarini yaşirin ravişda xorijga olib çiqişga uringani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, aniqlangan qimmatbaho metalllarning umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd sömni taşkil etadi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatida 240 ming AQŞ dollarini mamlakatdan noqonuniy olib çiqmoqçi bölgan, poytaxtda esa qalbaki 8 400 AQŞ dollarining muomalaga kiritmoqçi bölgan şaxslar qölga olingandi.