Endi nuqsoni bor tovarlar tekşiruvdan ötkaziladi
Endi Özbekistonda nuqsoni bor tovarlar tekşiruvdan ötkaziladi. Bu haqda bugun, 10 sentyabr kuni Senatning 19-yalpi majlisida muhokama qilingan “Istemolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga özgartirişlar va qöşimça kiritiş haqida”gi qonunda söz boradi.
Majlisda qayd etilişiça, keyingi yillarda mamlakatda raqobatni rivojlantiriş orqali istemolçilarning huquqlarini himoya qilişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Qonun bilan “Istemolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga tovardagi nuqsonlarni uning taşqi körinişidan aniqlaş imkoni bölmagan hollarda tovar sifatini qöşimça ravişda tekşirişning huquqiy asoslarini aniqlaştiruvçi özgartirişlar va qöşimça kiritilmoqda.
Şuningdek, tekşirişning tartibi va muddati, istemolçining uşbu jarayonda iştirok etişini hamda tekşirişni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlarning örnini qoplab beriş tartibi ham belgilanmoqda.
Tovardagi nuqsonlar u istemolçiga realizatsiya qilinganidan keyin, tovarni saqlaşning yoki undan foydalanişning belgilangan qoidalari buzilganligi sababli yoxud uçinçi şaxslarning harakatlari tufayli yuzaga kelganligini tovarning taşqi körinişiga qarab aniqlaş imkoni bölmagan taqdirda, tovarning sifati qöşimça ravişda tekşirilişi joriy etilmoqda.
Istemolçiga şaxsan yoki öz vakili orqali tovarning sifatini qöşimça ravişda tekşirişda iştirok etiş şuningdek, tovarning sifatini öz mablağlari hisobidan qöşimça ravişda tekşirişni amalga oşiriş vakolatlari berilmoqda.
Senatorlar fikriça, qonun istemolçilarning huquqlarini samarali himoya qilişga hamda bozor iştirokçilari uçun yanada barqaror va işonçli huquqiy muhit yaratişga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida senatorlar qonunni maqullagan.