USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda yölkira 2500 söm böladimi? Transport vazirligi tuşuntiriş berdi

100 марта
Тошкентда йўлкира 2500 сўм бўладими? Транспорт вазирлиги тушунтириш берди

Avvalroq, poytaxt hokimligining “Toşkent şahridagi jamoat transportida yölkira haqi tarifini belgilaş töğrisida”gi qarori loyihasi doirasida joriy yil 1 oktyabrdan boşlab Toşkent şahrida metro va avtobus uçun yölkira narxi 1700 sömdan 2500 sömga oşirilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Transport vazirligi mazkur tarif özgarişi böyiça yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini, yöl haqining ehtimoliy oşirilişi taşuvçilarga qöyiladigan xizmat sifati talablari bilan birgalikda körib çiqilişi lozimligini malum qildi. Holat yuzasidan vazirlik Telegram-kanalida tuşuntiriş berildi.

Vazirlik malumotiga köra, bugungi kunda Toşkent jamoat transporti har kuni qariyb 2,5 mln yölovçiga xizmat körsatmoqda. Sönggi yillarda metropoliten yönalişlari tarmoği kengaytirilib, yerusti jamoat transporti bilan integratsiya qilingan.

Şu bilan birga, avtobuslar soni qariyb ikki barobar köpayib, 1900 taga yaqinlaşgan. Ularning örtaça qatnov oraliği esa 30 daqiqadan 15 daqiqaga qisqargan. Yönalişlar tarmoği yangi turarjoy massivlari hamda poytaxtga tutaş hududlarni qamrab olinmoqda.

Qayd etilişiça, jamoat transporti xarajatlariga haydovçi va texnik xodimlarning iş haqi, yoqilği va elektr energiyasi, ehtiyot qismlar va şinalar, harakat tarkibiga texnik xizmat körsatiş va tamirlaş, depo hamda quvvatlantiriş infratuzilmasini saqlaş, salonlarni tozalaş, şuningdek, dispetçerlik, navigatsiya va elektron tölov tizimlarini taminlaş xarajatlari kiradi.

Amaldagi tarif uşbu xarajatlarning faqat bir qismini qoplayotgani, taşişlarni moliyalaştirişda asosiy yuk esa davlat byudjeti zimmasida qolayotgani aytilgan.

Bildirilişiça, tarifning ehtimoliy özgarişi taşuvçilarga qöyiladigan aniq talablar bilan birgalikda körib çiqilişi kerak. Bunda qatnovlarning muntazamligi, belgilangan intervallarga rioya qilinişi, transport vositalarining texnik holati va tozaligi, yölovçilar xavfsizligi, xizmat körsatiş madaniyati hamda yönalişlar tarmoğining yanada kengaytirilişi nazarda tutilmoqda.

Ayni paytda tariflarni özgartiriş böyiça loyiha jamoatçilik muhokamasida. Fuqarolar 19 sentyabrga qadar Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali öz taklif va mulohazalarini yuborişi mumkin.

Jamoatçilik muhokamasi yakunlanmagunga qadar tariflarni özgartiriş böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatida jamoat transportlaridan foydalaniş uçun naqd puldagi tariflar qayta körib çiqilgandi va ular elektron tarif tölovlariga nisbatan 30 foiz qimmatlaştirilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: