Prezident Özbekiston Milliy muzeyining qurilişini közdan keçirdi
Bugun, 11 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxt markazida barpo etilayotgan Özbekiston Milliy muzeyining quriliş jarayonini közdan keçirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu yirik loyiha Prezidentning 2025 yil 1 iyuldagi tegişli qaroriga asosan amalga oşirilmoqda. Davlat rahbari ötgan yil avgust oyida mazkur inşoot qurilişiga tamal toşi qöygan.

Mamlakat yetakçisi muzey hududida olib borilayotgan keng kölamli quriliş-montaj işlari, obektlar poydevori va muhandislik infratuzilmasini barpo etiş jarayoni bilan tanişgan. Majmua Özbekistonning boy tarixi, madaniyati va kelajak intilişlarini namoyon etadigan muhim madaniy maskan bölişi takidlangan.

Muzeyning memoriy qiyofasi va mazmun-mohiyati dunyodagi ilğor tajribalar asosida şakllantirilgan. Loyiha maşhur yaponiyalik memor Tadao Ando tomonidan yaratilgan, ekspozitsiya kontseptsiyasi esa Germaniyaning “Atelier Brückner” taşkiloti tomonidan tayyorlangan.

Majmuaning umumiy maydoni 3,9 gektarni, bino maydoni esa 40 ming kvadrat metrdan ortiqni taşkil etadi. Inşoot 3 qavatli asosiy bino hamda 2 qavatli yerosti qismidan iborat böladi.
Muzey maydonining 60 foizi talim va ilmiy faoliyatga ajratiladi. Bu yerda körgazma zallari, boy kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va konferentsiya zallari joylaşadi. Oilalar va yoşlarning mazmunli hordiq çiqarişi uçun restoranlar hamda bolalar maydonçalari ham taşkil etiladi.

Uşbu madaniy maskan bir vaqtning özida 3 ming 500 nafargaça taşrif buyuruvçini qabul qila oladi. U yerda 10 mingga yaqin tarixiy va sanat eksponatlari namoyiş etiladi.
Bino qurib bitkazilgaç, atrofidagi Abulqosim madrasasi, Xalqlar döstligi saroyi va Milliy boğ bilan birgalikda yaxlit memoriy ansamblni hosil qiladi.

Frantsiyaning Luvr, AQŞning Metropoliten va Britaniya muzeylari kabi dunyoning nufuzli madaniy muassasalari bilan qöşma körgazmalar ötkaziş böyiça hamkorlik yölga qöyiladi.
Prezident mutasaddilarga quriliş işlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat standartlari asosida bajariş böyiça topşiriqlar bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda xorijga olib çiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytariş böyiça komissiya tuzilişi haqida xabar berilgan edi.