Xivada «Boqiy şahar» kontseptsiyasi asosida yangi hudud barpo etiladi
14-03-2026, 18:05
407 марта

Xivada «Boqiy şahar» kontseptsiyasi asosida yangi hudud barpo etiladi
Xiva şahrida turizm va xalqaro tadbirlar infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan yirik loyiha amalga oşirilmoqda. Unga köra, şaharda zamonaviy Congress Hall majmuasi hamda tarixiy Xiva memorçiligi uslubida «Boqiy şahar» barpo etilişi rejalaştirilgan.Loyihaning umumiy qiymati 70 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Majmua hududida qöşimça ravişda 150 milliard sömlik zamonaviy 3 yulduzli mehmonxona qurilişi ham olib borilmoqda.
Quriliş işlari joriy yilning yanvar oyi örtalarida boşlangan bölib, ayni paytda loyiha ikkinçi bosqiçga ötgan. Rejaga köra, asosiy quriliş işlari 15 iyulga qadar yakunlanişi, majmua esa 2026 yil avgust oyining örtalarida töliq foydalanişga topşirilişi közda tutilgan.
Qayd etilişiça, Congress Hall yirik xalqaro forumlar, konferentsiyalar va madaniy tadbirlarni ötkaziş uçun zamonaviy infratuzilmaga ega böladi. Bu esa Xivaning nafaqat turizm markazi, balki xalqaro muloqot va biznes uçraşuvlari ötkaziladigan nufuzli maydonga aylanişiga xizmat qiladi.
Şuningdek, majmua yonida Xivaning milliy memoriy ananalarini aks ettiruvçi «Boqiy şahar» kontseptsiyasi asosida yangi hudud şakllantiriladi. Loyiha amalga oşirilişi natijasida yangi iş örinlari yaratilişi, xizmat körsatiş sohasi rivojlanişi hamda şaharning investitsiyaviy jozibadorligi yanada oşişi kutilmoqda.