Şavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan “birgalikda taraqqiyotda sakraş”ni taklif qildi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan ilğor texnologiyalar, investitsiyalar va inson kapitali sohalarida hamkorlikni çuqurlaştiriş orqali “birgalikda taraqqiyotda sakraş”ni amalga oşirişga çaqirdi. Bu haqda u Seulda bölib ötadigan birinçi Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi sammiti arafasida “The Korea Herald” naşriga bergan yozma intervyusida söz oçdi.
Şavkat Mirziyoyev bu taşabbusni Seulda ilk bor ötkaziladigan Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi sammiti arafasida bildirdi. Olti tomonlama sammitda Janubiy Koreya, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston iştirok etadi. Unda uzoq muddatli hamkorlikni belgilab beruvçi Seul deklaratsiyasi qabul qilinişi kutilmoqda.
Özbekiston rahbari Janubiy Koreyani mamlakatning 2030 yilgaça bölgan strategiyasi va “Yangi Özbekiston” ğoyasini amalga oşirişda muhim hamkor deb atagan. Uning sözlariga köra, Seulning modernizatsiya tajribasi va amaliy qöllab-quvvatlaşi ikki davlat iqtisodiyotining bir-birini töldirişiga xizmat qilmoqda.
“Bu hamkorligimizda yangi ösiş nuqtalarini oçiş va uni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş – “birgalikda taraqqiyotda sakraş” imkonini beradi”, degan Şavkat Mirziyoyev.
Naşrning yozişiça, Prezident uşbu iborani Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myonning sözlaridan kelib çiqib işlatgan. Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, 2025 yil 23 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi doirasida Li Çje Myon bilan ilk bor uçraşganini ham eslagan. Uşbu uçraşuvda tomonlar “samimiy va samarali muloqot” örnatganini bildirgan.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi savdo hajmi beş barobar oşgan, Koreya investitsiyalari 8 milliard dollardan, qöşma korxona va loyihalar soni esa 700 tadan oşgan. KOICA, Koreya Eksimbanki va boşqa jamğarmalar bilan hamkorlikdagi loyihalar portfeli 3,5 milliard dollardan ziyodni taşkil etadi.
Şuningdek, Samsung, LG, Hyundai, Kia, KOGAS va Lotte kabi koreys kompaniyalari Özbekistonda sanoat, transport, soğliqni saqlaş va raqamli infratuzilma sohalarida faoliyat yuritmoqda. Toşkent esa savdo bilan çeklanib qolmasdan, suniy intellekt, muhim minerallar va yarimötkazgiçlar, robototexnika, elektromobillar, biofarmatsevtika, zamonaviy kimyo, “aqlli qişloq xöjaligi” va “aqlli şaharlar” kabi yuqori qöşilgan qiymatli sohalarda işlab çiqarişni rivojlantirişni maqsad qilmoqda.
Şavkat Mirziyoyev intervyusida Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida işonç va iqtisodiy aloqalar sönggi ön yilda sezilarli darajada kuçayganini takidlagan. Mintaqa iqtisodiyotlari örtaça 7 foizdan ziyod ösib, 2025 yilda Markaziy Osiyoning yalpi içki mahsuloti 500 milliard dollardan oşgan.
Özbekiston yetakçisining takidlaşiça, Janubiy Koreya özining sanoat salohiyati, kapitali va modernizatsiya tajribasi bilan mintaqada yangi işlab çiqariş zanjirlarini şakllantirişda muhim örin tutişi mumkin.
Prezident, şuningdek, Koreya universitetlari va tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni kuçaytiriş, qöşma talim dasturlari va ilmiy-tadqiqot markazlarini taşkil etiş zarurligini qayd etgan.
“Heç qanday texnologiya inson örnini bosa olmaydi”, degan Şavkat Mirziyoyev.
Prezident ikki xalq örtasidagi aloqalar tarixiy ildizlarga ega ekanini, Samarqanddagi Afrosiyob saroyi devoriy suratlari Markaziy Osiyo va Koreya yarimoroli örtasidagi qadimiy aloqalarni aks ettirişini aytgan. Özbekistondagi Koryo-saram jamoasi ham ikki mamlakat örtasidagi zamonaviy aloqalarni mustahkamlaşga hissa qöşib kelayotganini takidlagan.
Şavkat Mirziyoyev sammit ikki mamlakat uçun ön yilga yaqin davom etgan muloqotni aniq iqtisodiy loyihalar va institutsional hamkorlikka aylantiriş uçun yangi bosqiçning boşlanişi sifatida baholagan. U investitsiyalar, infratuzilma, innovatsiyalar va madaniy aloqalarni kengaytiriş böyiça “ilğor kelişuvlar”ga erişişga umid bildirgan.
Özbekiston rahbari Janubiy Koreya bilan munosabatlar nafaqat siyosiy kelişuvlar va iqtisodiy manfaatlarga, balki xalqlar örtasidagi işonçga ham asoslanişi kerakligini qayd etgan hamda koreyaliklarni Özbekistonga sayyoh, hamkor, tadbirkor va talabalar sifatida taşrif buyurişga çaqirgan.
“Özbekiston – köriş va his qiliş kerak bölgan mamlakat”, degan Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat taşrifi bilan Seul şahriga yetib borgandi.
Seul şahriga borgan Prezident Şavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan özbekistonliklar kutib olgan hamda davlat rahbari özbekistonliklar bilan suhbatlaşib, ularning faoliyati, öqişi va kelajak rejalari bilan qiziqqandi.
Mazkur rasmiy taşrif doirasida davlat rahbari Özbekiston – Koreya biznes forumining oçilişida nutq sözlaydi. Şuningdek, 16 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev birinçi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida iştirok etadi.