Mirziyoyev Janubiy Koreya Prezidenti bilan uçraşib, uni Özbekistonga taklif qildi
24-09-2025, 08:15
186 марта

Mirziyoyev Janubiy Koreya Prezidenti bilan uçraşib, uni Özbekistonga taklif qildi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev keça, 23 sentyabr kuni Nyu-York şahrida BMT Boş Assambleyasining sessiyasi doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.Uçraşuv davomida Özbekiston-Koreya alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.
Keyingi yillarda özaro hamkorlikda katta yuksalişga erişilgani, barça darajalardagi almaşinuv va muloqotlar jadallaşgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Qolaversa, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan köp yillar davomida samarali şeriklik qilib kelinayotgani, loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollarga yetganiga yuksak baho berilgan.
Muhim xomaşyo resurslarini çuqur qayta işlaş, kimyo, maşinasozlik, qişloq xöjaligi, transport, aviatsiya, biotexnologiyalar va boşqa ustuvor yönalişlardagi loyihalarni ilgari surişni nazarda tutadigan yangi uzoq muddatli texnologiya va sanoat şerikligi dasturini tayyorlaş yuzasidan kelişuvga erişilgan.
Şu bilan birga, hukumatlararo komissiyaning bölajak yiğilişini samarali qilib ötkaziş muhimligi qayd etilgan.
Mintaqaviy, şu jumladan “Markaziy Osiyo - Koreya Respublikasi“ formatida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşilgan.
Uçraşuv yakunida Özbekiston rahbari Koreya Prezidentini davlat taşrifi bilan Özbekistonga kelişga taklif qilgan.