Murojaatlar bilan işlaşdagi kamçiliklari sabab 151 nafar mansabdor işdan olindi
Özbekistonda murojaatlar bilan işlaşda yöl qöygan kamçiliklari yuzasidan davlat organlari va taşkilotlarda mansab lavozimlarida faoliyat yuritgan 151 nafar şaxs işdan böşatildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonasi axborot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, 2026 yilning yanvar-avgust oylarida Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan murojaatlar bilan işlaşda yöl qöygan kamçiliklari yuzasidan davlat organlari va taşkilotlariga tasir çoralari köriş böyiça jami 5486 ta hujjat kiritilgan.
Körilgan çoralar natijasida 151 nafar şaxs lavozimidan ozod etilgan bölsa, 833 nafar xodimga hayfsan jazosi qöllanilgan. Şuningdek, 150 nafar xodim mamuriy javobgarlikka tortilgan va 1335 nafari rasman ogohlantirilgan.

Şuningdek, bildirilişiça, murojaatlardagi kamçiliklardan kelib çiqib, çora körişdan taşqari, yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni tuzatiş böyiça eng köp murojaat tuşayotgan 10 ga yaqin taşkilotlarda amaliy öquv seminarlari ham taşkil etilgan.
Axborotnomada Prezident Xalq qabulxonasi aholi murojaatlari bilan işlaşda ijro intizomini doimiy nazorat qilişda davom etişi qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 3 sentyabr kuni Özbekiston yetakçisi boşçiligida ötkazilgan kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokamasiga bağişlangan yiğilişda Özbekistonda qariyb 9 ming hokim yordamçisi lavozimiga qayta tayinlovlar bölişi kutilayotgani aytilgandi.