USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Li Çje Myon bilan muzokara ötkazdi

57 марта
Шавкат Мирзиёев Ли Чжэ Мён билан музокара ўтказди

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Seul şahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar azolari iştirokida muzokara ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston – Koreya alohida strategik şerikligini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş masalalari atrofliça muhokama qilingan.

Koreya Respublikasi Prezidenti davlat rahbarini samimiy qutlab, uşbu taşrif ikki mamlakat örtasidagi döstlik va özaro hurmat tamoyillari asosida rivojlanib kelayotgan munosabatlar tarixida muhim voqea ekanini qayd etgan.

Öz navbatida, Özbekiston yetakçisi Koreya Respublikasi ötgan yillar davomida mamlakatning işonçli dösti va eng muhim iqtisodiy hamkorlaridan biriga aylanganini takidlagan.

Bu borada tovar aylanmasi va investitsiyalar körsatkiçlari ösib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Özbekistonda Koreya sarmoyasi iştirokidagi 700 dan ortiq qöşma korxona faoliyat yuritmoqda.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Eksimbanki va “EDCF” jamğarmasi bilan hamkorlik doirasida tibbiyot va soğliqni saqlaş, sanoat, AKT, qişloq va suv xöjaligi, energetika, infratuzilma, talim sohalarida önlab loyihalar amalga oşirilmoqda.

Muzokaralar davomida parlamentlar, vazirlik va idoralar, hudud rahbarlari hamda işbilarmon doiralar örtasidagi aloqalarni faollaştiriş zarurligi qayd etilgan.

Davlat rahbari Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirişning beşta ustuvor yönalişini aytib ötgan.

Bular – savdo aloqalarini kengaytiriş, investitsiyalar hajmini oşiriş, muhim minerallar, transport va infratuzilma sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş.

Joriy taşrif yakunlari böyiça investitsiya portfeli kölami yanada kengayadi. Xususan, umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar tayyorlangan. Koreya Eksimbanki bilan Strategik hamkorlik dasturi qabul qilingan.

Tomonlar Koreyaning ilğor texnologiyalari hamda Yangi Özbekistonning resurslar va sanoat borasidagi salohiyatiga asoslangan mustahkam innovatsion va texnologik alyansni şakllantirişga alohida etibor qaratgan.

Alyans faoliyatini axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohalari hamda tibbiyot, soğliqni saqlaş va farmatsevtika sanoatida yuqori texnologiyali va raqamli yeçimlarni joriy etiş kabi ustuvor yönalişlarga qaratiş taklif etilgan.

Harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantiriş, jumladan, idoralararo aloqalarni kengaytiriş, qöşma tadbirlar taşkil etiş va harbiy mutaxassislarni öqitişga tayyorlik bildirilgan.

Taşrif arafasida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik tarixida ilk bor ötkazilgan Hududlararo forum natijalari yuqori baholangan. Keyingi forumni Samarqand şahrida ötkazişga kelişib olingan.

Prezidentlar muzokaralar davomida talim va kadrlar tayyorlaş sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştirişga alohida urğu bergan.

Özbekistonda Janubiy Koreya universitetlarining törtta filiali faoliyat yuritib, pedagogika, AT, muhandislik, raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy iqtisodiyotning boşqa ustuvor yönalişlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Bundan taşqari, Özbekistonda KOICA kömagida taşkil etilgan 5 ta kasb-hunarga öqitiş markazi samarali faoliyat yuritmoqda. Uşbu markazlar yoşlarimizga kelgusida qobiliyati va salohiyatini röyobga çiqariş uçun öz bilim va könikmalarini oşirişiga keng imkoniyatlar taqdim etmoqda.

Kadrlar tayyorlaş böyiça amaliy tajriba almaşişda ikki mamlakat oliy talim muassasalari rektorlari forumi muhim örin tutişi alohida takidlangan.

Munosabatlarni rivojlantirişda xalqlar örtasidagi özaro anglaşuv va döstlik riştalarini mustahkamlaşga xizmat qiladigan madaniy almaşinuv muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etgan.

Davlat rahbari köp sonli koreys diasporasi Özbekiston köp millatli oilasining ajralmas qismi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasidagi “manaviy köprik” ekanini takidlagan.

Uşbu öziga xos gumanitar aloqalarni yanada rivojlantiriş maqsadida 2027 yilni “Madaniyat va özaro almaşinuvlar yili” deb elon qiliş hamda qöşma madaniy-gumanitar tadbirlarni ötkaziş böyiça kelişuvga erişilgan.

Yakunda muhokama qilingan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan tomonlarning pozitsiyalari yaqinligi ham tasdiqlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat taşrifi bilan Seul şahriga borgani haqida xabar berilgan edi. Şavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan özbekistonliklar kutib oldi. Özbekiston yetakçisining Koreya Respublikasiga davlat taşrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yölida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom körsatişdan boşlandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: