Pensiya hisoblanadigan iş haqi davri uzaytirilişi mumkin
Özbekistonda pensiya hisoblanadigan iş haqi davri 5 yildan 20 yilgaça uzaytirilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 15 sentyabr kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan “Aholi farovonligini taminlaş va pensiya taminoti tizimini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmoni loyihasida söz boradi.
Unga köra, 2027 yil 1 yanvardan boşlab pensiyani hisoblab çiqariş uçun inobatga olinadigan oxirgi mehnat faoliyati davomidagi beş yillik iş haqi davri har yili bir yilga oşirib borilgan holda yigirma yillikdagi iş haqi davriga yetkaziladi. Bunda pensiya tayinlaşda örtaça iş haqini aniqlaşda fuqaroning eng past daromadli davrining 10 foizini pensiya hisob-kitobidan çiqarib taşlaş tartibi joriy etiladi.
Şuningdek, kelasi yil 1 yanvardan yoşga doir pensiya tayinlaş uçun belgilangan kamida 7 yil iş staji har yili bir yilga bosqiçma-bosqiç oşirilgan holda 2034 yilda 15 yilga yetkaziladi. Bunda eng kam iş stajiga ega bölmagan fuqarolarga umumiy belgilangan pensiya yoşidan beş yildan keyin yoşga doir nafaqa oliş huquqi saqlanib qoladi.
Bundan taşqari, yuqori daromaddan ijtimoiy soliq tölayotgan hamda pensiya yoşida mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolarni qöşimça rağbatlantiriş maqsadida 2028 yil 1 apreldan boşlab birinçi marta pensiya tayinlaşda iş haqining yuqori çegarasi:
- pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 12 baravaridan 13 baravariga;
- 6 oy keç pensiyaga çiqilganda – pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 14 baravarigaça;
- 12 oy keç pensiyaga çiqilganda – pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravarigaça oşiriş tartibi joriy etilişi rejalaştirilmoqda.
Hujjat böyiça jamoatçilik muhokamasi joriy yil 30 sentyabrga qadar davom etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 2028 yil 1 yanvardan boşlab pensiya yoşini har yili 3 oyga oşirib borgan holda 2039 yilda erkaklar uçun 63 yoşga va ayollar uçun 58 yoşga yetkaziş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi.