Markaziy bank asosiy stavkani özgarişsiz qoldirdi
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Markaziy bank boşqaruvi bugun, 16 sentyabrdagi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoliş töğrisida qaror qabul qilgan.
Şuningdek, qayd etilişiça, inflyatsiya pasayişda davom etmoqda. Regulyatorga köra, avgust oyida umumiy inflyatsiya 6,2 foizni, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizni körsatgan.
Iqtisodiyotda ayrim muvozanatlaşuv belgilari kuzatilayotgan bölsa-da, inflyatsion bosimlar hamon saqlanib qolmoqda. Xususan, inflyatsion kutilmalarning pasayişi umumiy inflyatsiyaga nisbatan sekinroq keçmoqda.
Jahon xomaşyo, oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqori darajasi hamda tartibga solinadigan narxlarni liberallaştiriş jarayoni asosiy inflyatsion xatarlar sifatida baholanmoqda.
Bildirilişiça, ijobiy real foiz stavkalari aholining jamğarişga bölgan moyilligini qöllab-quvvatlamoqda.
Markaziy bank inflyatsiyani 2027 yil yakuniga qadar 5% maqsadli körsatkiçiga tuşiriş uçun zarur pul-kredit şaroitlarini taminlaşda davom etadi.
Asosiy stavkani körib çiqiş böyiça navbatdagi yiğilişi 2026 yil 28 oktyabr kuniga belgilangan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 29 iyul kungi majlisda ham Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirgandi.