USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Koreya kompaniyalarini Qoraqalpoğistondagi SI markaziga taklif qildi

51 марта
Шавкат Мирзиёев Корея компанияларини Қорақалпоғистондаги СИ марказига таклиф қилди

Bugun, 16 sentyabr kuni Seul şahriga taşrif davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev birinçi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” biznes sammitida iştirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, davlat rahbari hamkorlikni mamlakatlar salohiyatining bir-birini töldirişi tamoyili asosida yölga qöyişni taklif etgan. Bunda koreys kompaniyalari Markaziy Osiyoni 80 milliondan ortiq aholiga, ösib borayotgan talabga hamda katta resurs, energetika va inson salohiyatiga ega yagona imkoniyatlar makoni sifatida qabul qilişi muhimligi takidlangan.

Har bir mamlakatning xomaşyo bazasidan kelib çiqib, Markaziy Osiyoda sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va töliq işlab çiqariş zanjirlarini yaratişga alohida etibor qaratilgan. Masalan, Özbekistonning mineral-xomaşyo bazasi kamida 3 trillion dollarga baholanmoqda.

Muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bölgan 120 ta loyihani amalga oşiriş közda tutilgan.

Mintaqaning resurs bazasini Koreyaning moliyaviy va texnologik imkoniyatlari bilan birlaştirib, asosiy etiborni xomaşyo eksportidan köra uni çuqur qayta işlaş va tayyor yuqori texnologik mahsulotlar işlab çiqarişga qaratiş taklif etilgan.

Qöşma tadqiqotlar ötkaziş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş va kadrlar tayyorlaş muhim yönaliş sifatida belgilangan. Mamlakatlarga Koreya kompaniyalari, universitetlari va tadqiqot markazlarini jalb etib, intellektual mulk huquqi bilan himoyalangan yangi mahsulotlarni işlab çiqiş uçun yagona hamkorlik tizimini yaratiş taklif qilingan.

Suniy intellektga alohida etibor qaratilgan. U beş yil davomida har bir mamlakat iqtisodiyotida kamida 10 milliard dollarlik qöşilgan qiymat yaratiş imkonini beradi. Şu maqsadda Qoraqalpoğistonda suniy intellekt data-markazlari uçun keng imtiyozlarga ega xab taşkil etilgan. Koreys kompaniyalari uşbu sohaga investitsiya kiritişga taklif qilingan.

Yarimötkazgiçlar va mikroelektronika işlab çiqarişda hamkorlikning istiqbolli ekani qayd etilgan. Nurafşon şahridagi Kelajak texnologiyalari markazi negizida yarimötkazgiçlar, sanoat mikroelektronikasi va yangi materiallarni loyihalaş hamda sinovdan ötkaziş böyiça qöşma markaz taşkil etilmoqda.

Özbekiston Koreya va Markaziy Osiyo kompaniyalarining ilmiy-tadqiqot bölinmalari hamda laboratoriyalarini joylaştiriş uçun şaroit yaratişga tayyor.

Biotexnologiyalar va farmatsevtikani rivojlantirişda katta salohiyat mavjud. Özbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori hajmi 3 milliard dollarga yetgan. Tadqiqotlar, klinik baza va işlab çiqarişni birlaştiruvçi biofarmatsevtika klasterini taşkil etiş taklif qilingan.

Bunda asosiy etibor mutaxassislar tayyorlaşga, jumladan, mintaqa miqyosida muhandislarni öqitiş va ularning Koreya laboratoriyalari hamda ilğor korxonalarida stajirovka ötaşini taşkil etiş böyiça yagona dasturni yölga qöyişga qaratilgan.

Koreys kompaniyalari misni qayta işlaş, elektrotexnika uskunalarini işlab çiqariş, avtomobil va elektromobil sanoati uçun butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş, robototexnika va avtomatlaştiriş, biotexnologiyalar va farmatsevtika, gidroenergetika, energiyani saqlaş tizimlari, energetika tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, şuningdek, transport va şahar infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça loyihalarni amalga oşirişga taklif etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Seul şahrida birinçi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida iştirok etgani va 5 ta taklifni ilgari surgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: