Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansi tuzişni taklif qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Boş vaziri Xan Son Suk bugun, 15 sentyabr kuni qöşma biznes forumning oçilişida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, tadbirda ikki mamlakat davlat tuzilmalari va işbilarmon doiralarining 300 nafardan ziyod vakili, jumladan, yetakçi moliya institutlari, yirik sanoat korxonalari va savdo kompaniyalari rahbarlari iştirok etgan.

Xususan, Janubiy Koreya tomonidan “Lotte Çemical”, “Hyundai Motor Group”, “Samsung C&T”, “CJ Group”, “Şinhan Financial Group”, “Hyundai Rotem”, “KIND”, “BOMI”, “Kia Corporation”, “Sampyo Group”, “Hansae Mobility” kabi yirik kompaniyalar qatnaşgan.
Davlat rahbari öz sözida Koreya Özbekistonning vaqt sinovidan ötgan dösti va alohida strategik şerigi ekanini, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik esa Özbekiston – Koreya köp qirrali hamkorligining ustuvor yönalişlaridan birini taşkil etişini takidlagan.

Yetakçi koreys kompaniyalarining Özbekistonda samarali faoliyat yuritib, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirişga salmoqli hissa qöşayotgani alohida qayd etilgan.
“Bugun Özbekiston industrial va texnologik taraqqiyotning yangi bosqiçiga qadam qöymoqda. Şu bois, özaro savdo hajmini oşiriş, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş va yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun keng imkoniyatlar oçilmoqda”, deyiladi axborotnomada.

Mamlakat yetakçisi tomonidan Özbekistonning resurs salohiyati, Koreyaning ilğor texnologiyalari va ikki mamlakat kompaniyalarining investitsiyaviy imkoniyatlarini birlaştiriş orqali yangi iqtisodiy ösiş nuqtalarini yaratiş taklif etilgan.
Prezident, şuningdek, kelgusida iqtisodiy şeriklikni yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlarini belgilab bergan. Xususan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va işlab çiqarişning töliq zanjirlarini şakllantiriş, energetika va “yaşil iqtisodiyot”, transport va zamonaviy infratuzilma, raqamlaştiriş hamda suniy intellekt, yarimötkazgiçlar va mikroelektronika, biotexnologiya va farmatsevtika, qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş, kadrlar tayyorlaşda hamkorlik qiliş va boşqa yönalişlar körsatib ötilgan.

Qayd etilişiça, Koreya kompaniyalari misni qayta işlaş, elektrotexnika uskunalarini işlab çiqariş, avtomobil va elektromobil sanoati uçun butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş, robototexnika va avtomatlaştiriş, biotexnologiya va farmatsevtika, gidroenergetika, energiyani saqlaş tizimlari, energetika tarmoqlarini modernizatsiya qiliş hamda transport va şahar infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça loyihalarni amalga oşirişga taklif etilgan.

Sanoat-texnologik hamkorlikni yanada çuqurlaştirişning amaliy mexanizmi sifatida Özbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tuziş taklif etilgan.
Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda koreys biznesining faoliyati uçun kelgusida yanada qulay şart-şaroitlarni yaratiş hamda qöşma loyihalarni amalga oşirişda amaliy kömak körsatişga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Seul şahridagi öziga ajratilgan qarorgohda Koreya Respublikasi Boş vaziri Xan Son Sukni qabul qilgandi.