“Boysun döppisi” patentlandi
“Boysun döppisi” geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
“Boysun döppisi” – Surxondaryo viloyati Boysun tumani hududida qadimdan tikib kelinadigan, dumaloq şaklli, piltadözi uslubida kaşta bilan bezatilgan milliy boş kiyimdir. Uning öziga xosligi piltadözi kaşta uslubi, geometrik naqşlari, yorqin ranglar uyğunligi hamda ananaviy tikiş usullarida namoyon böladi. Döppida çilxol, çayongul, qöçqorşoxi, arça va közaça kabi naqşlar qöllaniladi.
“Boysun döppisi”ning geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazilişi mahsulotning Boysun hududi bilan boğliq öziga xos xususiyatlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilişga xizmat qiladi.
Natijada “Boysun döppisi” nomining huquqiy muhofazasi taminlanadi, mahsulotning ananaviy xususiyatlari va işlab çiqariş usullarini asraşga xizmat qiladi va Boysun hunarmandçiligi mahsulotini içki va xalqaro bozorlarda tarğib qiliş uçun huquqiy asos yaratiladi.
Malumot uçun, geografik körsatkiç – mahsulotning sifati, obrösi yoki boşqa xususiyatlari muayyan geografik hudud bilan boğliq ekanini körsatuvçi intellektual mulk obektidir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Adliya vazirligida “Xorazm guruçi” geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazilgandi.