Istanbulda qiyin ahvolga tuşgan ona uç farzandi bilan Özbekistonga qaytarildi
Keça, 17 sentyabr kuni Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulligi kömagida oğir ahvolga tuşib qolgan ona uç nafar farzandi bilan Turkiyadan Özbekistonga jönatildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ayol mehnat qiliş maqsadida Turkiyaga borgan, biroq bolalari bilan boşpanasiz va yordamsiz qolgan. Murojaat kelib tuşişi bilan Boş konsulxona tomonidan Özbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda oziq-ovqat bilan taminlangan, zarur hujjatlarni rasmiylaştirib, Özbekistonga qaytiş aviaçiptasi olib berilgan.
Ayol aeroportda özining va bolalarining taqdiriga befarq qolmagani, ularni Özbekistonga qaytariş böyiça alohida taşabbusi uçun Prezidentga, amaliy yordami uçun esa Migratsiya agentligi va Boş konsullik xodimlariga çuqur minnatdorlik bildirgan.
“Istanbuldagi Boş konsulxona xorijda qiyin vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolariga amaldagi qonunçilik doirasida konsullik-huquqiy va amaliy yordam körsatiş işlari davom ettirilişini malum qiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyada qiyin vaziyatga tuşib qolgan 597 nafar özbekistonlik ortga qaytarilgandi. Ular orasida 110 nafar ayol va 228 nafar voyaga yetmagan şaxs ham bor.