USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Kegeylidagi issiqxona majmuasini borib kördi

76 марта
Шавкат Мирзиёев Кегейлидаги иссиқхона мажмуасини бориб кўрди

Bugun, 18 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanida taşkil etilgan issiqxona majmuasi bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, mamlakatning barça hududlarida bölgani kabi Qoraqalpoğiston Respublikasida ham aholi daromadlarini oşiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining taşabbusi bilan Kegeyli tumanida taşkil etilgan issiqxona majmuasi ham öz loyihalari bilan faol iştirok etmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu majmua faoliyati bilan yaqindan tanişgan.

Bu yerga 12,5 milliard söm imtiyozli mablağ ajratilib, 5 gektarda zamonaviy yengil tipdagi issiqxona barpo etilgan. Natijada dastlab Ijtimoiy reyestrda turgan 50 ta oila qamrab olinib, ular uçun doimiy iş örinlari yaratilgan.

Tanlab olingan har bir ehtiyojmand oilaga 10 sotixdan issiqxona maydoni ajratib berilgan. Bunda uşbu kompleksga biriktirilgan lider tadbirkor faqat yer va issiqxona ajratiş bilan çeklanib qolmaydi, balki ularni 2 yil davomida şu yerning özida öqitib, ular yetarli bilim va tajribaga ega bölganidan söng öz tomorqalarida issiqxona taşkil etiş va daromad manbaini yaratişga kömaklaşadi.

Eng muhimi, yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlari lider tadbirkor tomonidan bozor narxida sotib olinadi.

Şuningdek, mazkur issiqxona kompleksida yiliga 1 ming nafar fuqaroni issiqxona xöjaligi va dehqonçilik sohasi böyiça öqitiş ham yölga qöyilgan. Mazkur tizim aholi uçun kafolatli va barqaror daromad manbai bölib xizmat qiladi.

Bundan taşqari, oilalar daromadini yanada köpaytiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratilgan. Issiqxona yaqinida joylaşgan 350 metrlik zovurda 500 boş ördak boqişga möljallangan maxsus ördakxona taşkil etilgan. Loyiha doirasida oilalarga 10 boşdan Braziliyadan keltirilgan “Favorit” naslli ördaklar ajratilib, fuqarolarga ularni köpaytiriş texnologiyasi atrofliça örgatilmoqda.

Mazkur loyiha qişloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholi bandligini taminlaşda muhim ahamiyatga ega ekani takidlangan. Bugungi tadbirkorlarning faqat öz foydasi uçun emas, balki odamlarning ham yaxşi yaşaşiga özini daxldor deb bilayotgani alohida etirof etilgan.

Loyihada zamonaviy va resurstejamkor texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Hududda quvvati 100 kilovatt bölgan quyoş panellari örnatilgan bölib, ular işlab çiqarayotgan elektr energiyasi issiqxonaning kundalik ehtiyojini qoplaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: