USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Qoraqalpoğiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanişdi

62 марта
Президент Қорақалпоғистон илмий-амалий тиббиёт академияси фаолияти билан танишди

Bugun, 18 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş, avvalo, zamonaviy bilim va amaliy könikmalarga ega malakali mutaxassislarga boğliq. Şu bois, Qoraqalpoğistonda şifokorlar va örta tibbiyot xodimlarining malakasini tizimli oşirişga alohida etibor qaratilmoqda. Yangi taşkil etilgan akademiya soha xodimlarini xalqaro standartlar va ilğor texnologiyalar asosida qayta tayyorlaşning tayanç markaziga aylanadi.

Davlat rahbarining 2024 yil 24 dekabrdagi tegişli qaroriga muvofiq, hududdagi tibbiyot muassasalarini xususiy sektor iştirokida ilm-fan, talim va amaliyotni birlaştirgan yagona innovatsion klasterga aylantiriş belgilangan.

Ana şu maqsadda 4,6 gektar maydonda umumiy qiymati 154 milliard söm bölgan zamonaviy majmua barpo etildi, 80 ta yangi iş örni yaratilgan.

Akademiyada yiliga 3 ming nafar şifokor hamda 6 ming 800 nafar örta tibbiyot va farmatsevtika xodimi malakasini oşiriş imkoniyatiga ega böladi. Şuningdek, har yili Orolböyi mintaqasidan 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlanadi. Ularning talim olişi va yaşaşi uçun zarur şaroitlar yaratilgan. Uzoq hududlardan keladigan mutaxassislar uçun 72 örinli zamonaviy mehmonxona faoliyat yuritmoqda.

Amaliy könikmalarni rivojlantiriş uçun 18 ta simulyatsion xona taşkil etilgan. Ularda 50 dan ortiq yönaliş böyiça raqamli va simulyatsion talim yölga qöyilgan bölib, mutaxassislarni 100 dan ziyod tibbiy amaliyot böyiça xalqaro standartlar asosida tayyorlaşga xizmat qiladi.

Muassasa zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan. Xususan, bu yerda Markaziy Osiyoda yagona bölgan “Edge Medical” jarrohlik roboti örnatilgan. U simulyatsion öquv maşğulotlarini ötkaziş bilan birga real klinik şaroitda masofaviy operatsiyalarni yuqori aniqlikda bajariş imkonini beradi.

Akademiya nufuzli xorijiy tibbiyot markazlari va yetakçi universitetlar, jumladan, AQŞning Pittsburg hamda Germaniyaning Frayburg universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda. Xalqaro öquv kurslari va qöşma ilmiy tadqiqotlar taşkil etilib, telemeditsina va raqamli talim texnologiyalari joriy qilingan.

Davlat rahbari akademiyaning amaliy maşğulot xonalarini közdan keçirgan, talabalar va soha xodimlari bilan muloqot qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: