Özbekistonda tibbiyot xodimlari maxsus tizimda röyxatdan ötkaziladi
Özbekistonda barça tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qamrab oladigan yagona elektron reyestr şakllantiriladi. Bu haqda bugun, 4 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlaş, ularni davlat röyxatidan ötkaziş hamda uzluksiz kasbiy talim tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar taqdimotida söz boradi.
Qayd etilişiça, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligini taminlaş maqsadida mutaxassislarning bilim va amaliy tayyorgarligini mustaqil baholaş tizimi joriy etiladi.
Şuningdek, barça tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qamrab oladigan yagona elektron reyestr şakllantiriladi. U 16 ta axborot bazasi bilan integratsiya qilinib, mutaxassisning talimi, malakasi va kasbiy faoliyatiga oid malumotlarni bir joyda jamlaş imkonini beradi.
Davlat röyxatidan ötişni 2027 yildan ixtiyoriy, 2030 yildan esa majburiy tartibda joriy etiş taklif qilinmoqda. Keyinçalik davlat röyxatidan ötmagan mutaxassis tibbiy yoki farmatsevtik faoliyat bilan şuğullana olmaydi.
Baholaş bosqiçma-bosqiç – fundamental va klinik fanlar, keyin esa mutaxassislik böyiça amalga oşiriladi. Buning uçun yagona test va topşiriqlar banki, zamonaviy simulyatsion bazalar taşkil etiladi. Imtihondan öta olmagan mutaxassislarga qayta topşiriş imkoniyati beriladi.
Yangi tizimga ixtiyoriy ravişda ertaroq kirgan xodimlarni rağbatlantiriş ham nazarda tutilgan. Imtihondan muvaffaqiyatli ötib, davlat röyxatiga kiritilgan oliy malumotli şifokor va farmatsevtika xodimlariga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 5 baravarigaça, örta tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga 2,5 baravarigaça ustama tölaş taklif etilgan.
Davlat röyxatidan ötkaziş va mutaxassislar malakasini baholaş işlarini taşkil etiş uçun alohida markaz faoliyati yölga qöyiladi.