Orolböyida tibbiyot kadrlari xalqaro standartlar asosida tayyorlanadi
Sifatli tibbiy xizmat, avvalo, zamonaviy bilim va amaliy könikmalarga ega mutaxassisga boğliq. Şu nuqtai nazardan, Qoraqalpoğiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasining taşkil etilişi Orolböyi uçun muhim ahamiyatga ega.
Akademiya Orolböyining ekologik, demografik va tibbiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, tibbiyot xodimlarini xalqaro standartlar asosida, raqamli va amaliyotga yönaltirilgan usulda tayyorlaşga ixtisoslaşadi.
Akademiyaning quvvati:
- yiliga 3 ming nafar şifokor;
- 6 ming 800 nafar örta tibbiyot va farmasevtika xodimi malakasini oşiriş;
- Orolböyidan 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlaş.
Uzoq hududlardan keladigan mutaxassislar uçun 72 örinli mehmonxona ham taşkil etilgan.
Akademiyada nazariyadan köra amaliyotga yaqinlaştirilgan talimga alohida etibor berilmoqda. 8 ta simulyatsion xonada 50 dan ortiq yönaliş böyiça raqamli va simulyatsion talim yölga qöyilib, 100 dan ziyod tibbiy amaliyot böyiça xalqaro standartlar asosida tayyorgarlik köriş imkoni yaratilgan.

Yana bir etiborli jihat – akademiyada “Edge Medical” jarrohlik roboti örnatilgan. U simulyatsion maşğulotlardan taşqari real klinik şaroitda masofaviy operatsiyalarni yuqori aniqlikda bajariş imkonini beradi.
Akademiyaning faoliyati talim bilan çeklanmaydi. U yerda ilm-fan, klinik amaliyot va raqamli texnologiyalar özaro uyğunlaştiriladi. Xususan, Orolböyi ekotizimining aholi salomatligiga tasiri, respirator va onkologik kasalliklar, xavfsiz içimlik suvi, nutrisiologiya, reproduktiv salomatlik va ekologik epidemiologiya kabi hudud uçun dolzarb yönalişlarda ilmiy tadqiqotlar olib boriş közda tutilgan.

Şuningdek, Pittsburg va Frayburg universitetlari kabi xorijiy talim va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik, xalqaro öquv kurslari, qöşma ilmiy tadqiqotlar, telemeditsina va raqamli talim texnologiyalarini rivojlantiriş rejalaştirilgan.
Akademiyaning asosiy vazifasi – şunçaki zamonaviy talim beriş emas. Orolböyi uçun zamonaviy bilimga ega mutaxassis tayyorlaş, uni real klinik holatga kirişidan oldin xavfsiz muhitda sinaş va ilğor tibbiy tajribani hududga olib kiriş.