USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Angrenda 20 yoşli yigit “proba“siz ukol ortidan komaga tuşib qoldimi?

126 марта
Ангренда 20 ёшли йигит “проба“сиз укол ортидан комага тушиб қолдими?

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren şahridagi xususiy tibbiyot muassasasida “proba“siz tomiriga tomçi dori yuborilişi ortidan 20 yoşli yigitning komaga tuşib qolgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Toşkent viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Tarqalgan malumotlarga köra, bemor şamollaş belgilari bilan joriy yilning 31 iyul kuni Angren şahridagi “Angren medical center” xususiy klinikasiga murojaat bilan borgan hamda klinikada “proba”siz tomiriga tomçi dori yuborilişi ortidan soğligi yomonlaşib, huşini yöqotgan.

Xabarlarga köra, yigit 45 kundan buyon komada. U hozir Angren şahar şifoxonasida oğir ahvolda qolmoqda. Yigitning ota-onasi esa xususiy klinikada davolaniş uçun yetarli moddiy yordam berilmayotganidan norozi.

Qayd etilişiça, mazkur holat Toşkent viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Malum qilinişiça, holatni har tomonlama va xolis örganiş maqsadida boşqarma tomonidan işçi guruh tuzilib, xizmat tekşiruvi tayinlangan. Tekşiruv jarayonida bemorga körsatilgan tibbiy yordam sifati, davolaş jarayoni va holatning kelib çiqiş sabablari tegişli mutaxassislar iştirokida örganilişi qayd etilgan.

“Tekşiruv natijalari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho beriladi hamda qöşimça malumot taqdim etiladi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqandda kelinçak notöğri ukol oqibatida vafot etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: