USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urgançda xususiy boğçada yuzi tişlangan bola yuzasidan tarbiyaçi işdan olindi

1 263 марта
Urgançda xususiy boğçada yuz tişlangan bola yuzasidan tarbiyaçi işdan olindi

Keça, 23 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Urganç tumanidagi xususiy boğçada bolalar xavfsizligi taminlanyaptimi?” sarlavhasi ostida tarqatilgan xabar Xorazm viloyati Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi tomonidan nazoratga olindi.


Malum qilinişiça, holat Urganç şahridagi “Islomobod” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan “Mehri-Dilijon” MÇJga qaraşli, davlat-xususiy şeriklik asosida faoliyat yurituvçi maktabgaça talim taşkilotida sodir bölgan.

Boşqarma işçi guruhi tomonidan ötkazilgan tezkor örganişlar davomida uşbu talim muassasasida tarbiyaçi lavozimida işlab kelgan O.R. öz xizmat vazifalariga loqayd munosabatda bölgani, şuningdek, bolalar ustidan yetarli darajada nazorat örnatmagani aniqlangan. Oqibatda 3 yoşli tarbiyalanuvçi ehtiyotsizlik sabab tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan tegişli huquqiy va taşkiliy çoralar körilib, tarbiyaçi öz xizmat vazifasidan ozod etildi. Şuningdek, maktabgaça talim taşkiloti mamuriyatiga davlat-xususiy şeriklik bitimi şartlarini buzganligi uçun rasmiy ogohlantiriş berildi.

Xorazm viloyati Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi bolalar xavfsizligi, ularning hayoti va soğliğini taminlaş masalalari doimiy nazoratda ekanini malum qildi. Şuningdek, bunday holatlar takrorlanmasligi uçun barça maktabgaça talim taşkilotlarida nazorat tadbirlari kuçaytirilişi takidlandi.

Xorazm viloyati Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi Matbuot xizmati

Изоҳ қолдириш

    • Азамат 25 Dekabr 2025 01:55
      Болалар ишонч билан топшириладиган жой — боғча. Агар назорат бўлмаса, бундай нохуш ҳолатлар яна такрорланиши мумкин. Масъулият кучайиши шарт. Бу ҳолат бир боғчанинг эмас, бутун тизимнинг муаммоси. Болалар хавфсизлигига жиддий ёндашиш вақти келди.

Мавзуга алоқадор: