Endilikda xususiy boğçalardagi tarbiyaçilar oyligi byudjetdan qoplab beriladi
15-09-2025, 17:42
281 марта
Endilikda xususiy boğçalardagi tarbiyaçilar oyligi byudjetdan qoplab beriladiŞavkat Mirziyoyev Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot ötkazdi. Unda malum qilinişiça, 2017 yilda 4 mingdan ortiq mahallada birorta ham boğça yöq edi, qamrov 27 foizdan oşmasdi. Bugungi kunda boğçalar soni 38 mingdan, qamrovi esa 78 foizdan oşdi.
Yaqinda talim sohasida elon qilingan yangi imtiyoz va imkoniyatlar hisobiga boğça kirib bormagan birorta mahalla qolmasligi, qamrov ham 80 foizdan kam bölmasligi takidlandi.
Boğçada tarbiyaçilar maoşi maktab öqituvçilariga tenglaştirildi. Şu oydan boğça mudiralari ham maktab direktori örinbosari bilan bir xil oylik oladigan böldi. Bir söz bilan aytganda, boğçadagi rahbar va pedagoglar oyligi qariyb 2 karra oşdi. Endilikda xususiy boğçalardagi tarbiyaçilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham byudjetdan qoplab beriladigan tizim joriy etiladi.
Şuningdek, prezident boğça tarbiyaçilari uçun muhim yangilikni aytdi. Hozirda 7 mingdan ortiq davlat boğçalarida 120 mingga yaqin pedagoglar bölgani bilan ularning atigi 34 foizi oliy malumotga ega.
Lekin hozirda tarbiyaçilarning maktab öqituvçilari kabi toifa olişi uçun oliygoh diplomi talab etiladi. Şu sababli oliy malumotli bilan örta malumotli tarbiyaçining oyligida farq bor. Şu bois, davlat va xususiy boğça tarbiyaçilarini işdan ajralmagan holda oliygohlarda öqitiş yölga qöyilib, yiliga 10 ming tarbiyaçi oliy malumotli qilinadi.