Prezident maktablari kabi “Yangi avlod” boğçalari taşkil etiladi
15-09-2025, 17:27
132 марта

Prezident maktablari kabi “Yangi avlod” boğçalari taşkil etiladi
Endi Özbekistonning har bir viloyatida xuddi Prezident maktablari kabi “Yangi avlod” boğçalari taşkil qilinadi. Bu haqda bugun, 15 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida öqituvçi va murabbiylar bilan qilayotgan muloqotda malum qilindi.Qayd etilişiça, islohotlarning ilk bosqiçidayoq maktabgaça talim tizimini rivojlantirişga katta etibor qaratilgan. 2017 yilda 4 mingdan ortiq mahallada birorta ham boğça yöq edi, qamrov 27 foizdan oşmasdi. Bugungi kunda boğçalar soni 38 mingdan, qamrovi esa 78 foizdan oşgan.
Yaqinda talim sohasida elon qilingan yangi imtiyoz va imkoniyatlar hisobiga boğça kirib bormagan birorta mahalla qolmasligi, qamrov ham 80 foizdan kam bölmasligi takidlandi.
Boğçada tarbiyaçilar maoşi maktab öqituvçilariga tenglaştirildi. Şu oydan boğça mudiralari ham maktab direktori örinbosari bilan bir xil oylik oladigan böldi. Bir söz bilan aytganda, boğçadagi rahbar va pedagoglar oyligi qariyb 2 karra oşdi.
Endilikda xususiy boğçalardagi tarbiyaçilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham byudjetdan qoplab beriladigan tizim joriy etiladi.