Maktablarda yangi lavozim joriy etiladi
8-09-2025, 21:08
1 783 марта

Maktablarda yangi lavozim joriy etiladi
Özbekistonda öquvçilarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça maktab maslahatçisi lavozimi joriy qilinadi. Bu haqda bugun, 8 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan talim tizimini isloh qiliş masalalariga oid taqdimotda söz boradi.Qayd etilişiça, öquvçilarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş, ularning iqtidori va intilişini yuzaga çiqariş böyiça ham yagona vertikal tizim joriy etiladi. Şu maqsadda “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika öquvçi-yoşlar markazi hamda “Ëşlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari taşkil etiladi. Öquvçilarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça maktab maslahatçisi lavozimi joriy qilinadi.

Bildirilişiça, sönggi sakkiz yilda boğçalarda örinlar soni 2,5 milliontaga köpaytirilib, maktabgaça talim qamrovi 78 foizga yetgan. Bu qamrovni oşiriş maqsadida har yili 20 ming örin oçiş rejalaştirilgan. Buning uçun yangi köp qavatli uylar qurilişida ulardagi aholi soniga mutanosib maktabgaça talim taşkiloti ham bölişi nazarda tutiladi. Boğçalarda işlayotgan örta maxsus malumotli mutaxassislar uçun dual talim va malaka oşiriş tizimi joriy etiladi.
“Maktabgaça talim qamrovi 80 foizdan past bölgan tuman va şaharlarda xususiy sektor iştiroki qöllab-quvvatlanadi. Xususan, boğça va maktablarning böş maydonlarida davlat-xususiy şeriklik asosida maktabgaça talim taşkiloti qurişga ruxsat etiladi. Tadbirkorlarga faoliyatni özgartirmaslik şarti bilan yer uçastkalari bepul beriladi hamda 7 yilgaça bölgan imtiyozli kredit ajratiladi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, 2026-2028 yillarda respublikaning 14 ta hududida Bolalarni rivojlantiriş innovatsion markazini öz içiga olgan “Yangi avlod” maktabgaça talim taşkilotlari tarmoği taşkil etiladi. Davlat rahbari iqtisodiyot tarmoqlarining hozirgi va kelgusi talabidan kelib çiqib, texnika va muhandislik yönalişlarini rivojlantiriş vazifasini qöygan edi. Şunga muvofiq, Ixtisoslaştirilgan talim muassasalari agentligi tizimida 14 ta hududda muhandislik maktablari taşkil etilmoqda. Uşbu maktablarga bolalar imtihon asosida saralab olinadi va Davlat byudjeti hisobidan öqitiladi. Ularda “Yangi Özbekiston” universiteti va Mirzo Uluğbek nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik talim dasturi joriy qilinadi. Öquv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli böyiça taşkil etiladi.