Tanqiddan söng: Xorazm yuqumli kasalliklar şifoxonasida vaqtinça qabul töxtatildi
2-12-2025, 17:53
827 марта
Xorazm yuqumli kasalliklar şifoxonasida vaqtinça qabul töxtatildiIjtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida taraqanlar köpaygan”i haqidagi xabarlar viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi tomonidan örganildi. Malum bölişiça, şifoxonada dezinsektsiya va dezinfektsiya işlari amaldagi şartnoma hamda homiylar kömagida rejali tarzda olib borib kelinmoqda.
2025 yil 28 noyabr kuni muassasada töliq dezinsektsiya işlari amalga oşirilgan.
Viloyat SSB malumotiga köra, 2025 yil 6–7–8 dekabr kunlari şifoxonada keng qamrovli dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizatsiya işlari ötkazilişi rejalaştirilgan. Şu munosabat bilan mazkur kunlarda şifoxona bemor qabul qilişni vaqtinça töxtatadi.
Uşbu davrda yuqumli kasallikka çalingan bemorlar eng yaqin tibbiy maskan — Xonqa tuman tibbiyot birlaşmasiga yönaltiriladi.
Xorazm viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmati malumoti