Silvestr Stallone Tramp taklif qilgan “kursi”ga ötirmadi
Amerikalik aktyor Silvestr Stallone AQŞ Prezidenti Donald Trampning Gollivuddagi kinoindustriya böyiça maxsus elçisi böliş taklifini rad etdi. Bu haqda Stallonening özi malum qildi.
Sanatkorning sözlariga köra, u bu tayinlov haqida televizion yangiliklar orqali, öz ismini Mel Gibson va Jon Voyt bilan bir röyxatda körgaç xabar topgan. Aktyorning aytişiça, agar undan oldindan söraşganida, u darhol bu ğoyani amalga oşirib bölmaydigan deb atagan bölar edi.
Stallone öz rad javobini uşbu lavozimdagi vazifalarni bajariş deyarli imkonsizligi bilan izohlagan. Uning fikriça, kinostudiyalar alohida feodal davlatlardek faoliyat yuritadi va heç bir inson kelib, yirik kompaniyalar rahbariyatiga biznesni qanday yuritiş kerakligini körsata olmaydi. Aktyor Gollivudning korporativ sektori moliyaviy va işlab çiqariş masalalarida uning maslahatlariga quloq solmasligini alohida qayd etgan. Oqibatda Stallone “rahmat va çao” deb rad javobini bergan.
Trampning taşabbusiga köra, aktyorlar kino işlab çiqarişni boşqa mamlakatlardan AQŞga qaytarişga yordam berişi kerak edi. Biroq bu lavozim rasmiy davlat posti hisoblanmasdi va maslahatçilik xususiyatiga ega edi. Stallonedan farqli ölaroq, uning hamkasbi Jon Voyt administratsiya bilan hamkorlikni davom ettirgan va Amerika kinoindustriyasini qöllab-quvvatlaş rejasini taqdim etgan. Stallonening özi esa hozirda maşhur “Talsa qiroli” jinoiy serialining törtinçi mavsumida suratga tuşişga etiborini qaratgan.
Malumot uçun, Silvestr Stallone 1946 yil 6 iyul kuni AQŞning Nyu-York şahrida tuğilgan maşhur aktyor, rejissyor, stsenarist va prodyuser. U jahon kinematografiyasida, ayniqsa, jangari janrining eng yorqin afsonalaridan biri hisoblanadi. Stalloneni butun dunyoga maşhur qilgan eng yirik loyihalaridan biri bu – irodali boksçi Rokki Balboa haqidagi filmlar seriyasi. 1976 yilda ekranlarga çiqqan birinçi “Rokki” filmi stsenariysini Stallonening özi yozgan va boş rolni ijro etgan bölib, uşbu kinoasar keyinçalik “Oskar” mukofotini qölga kiritgan.
Şuningdek, aktyor Vetnam uruşi faxriysi va yengilmas jangçi Jon Rembo haqidagi maşhur franşiza orqali ham tomoşabinlar qalbidan joy olgan. Keyinçalik u Gollivudning eng taniqli jangari film aktyorlarini bir joyga töplagan “Uddalab bölmas” loyihasiga hamda sönggi yillarda suratga olinayotgan, katta ommaboplikka erişgan “Talsa qiroli” (Tulsa King) jinoiy drama serialiga boşçilik qilgan. Öz faoliyati davomida “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlariga nomzod bölgan Stallone kinematografiya rivojiga qöşgan hissasi uçun köplab xalqaro mukofotlar sohibiga aylangan. U nafaqat kino olamida, balki turli jamoatçilik va madaniy loyihalarda ham faol iştirok etib keladi.