Mask AQŞda Hyperloop tonnelini qurişni taklif qildi
Ilon Maskning The Boring Company kompaniyasi Texas ştatidagi ikki yirik şaharni boğlaş uçun möljallangan yuqori tezlikdagi Hyperloop tonneli kontseptsiyasini taqdim etdi. Bu haqda “TeçCrunç” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Tesla va SpaceX kompaniyalari asosçisi Ilon Mask yangi ambitsiyali infratuzilmaviy taklif bilan çiqqan. Milliarderga tegişli The Boring Company firmasi Texas ştatidagi Ostin va San-Antonio şaharlarini özaro boğlaşi kerak bölgan yerosti Hyperloop magistrali kontseptsiyasini taqdim etgan. Aholi punktlari örtasidagi masofa taxminan 130 kilometrni taşkil etadi.
Kompaniya taqdimotiga köra, loyiha yerosti tonnelidan iborat bölib, u böylab yölovçi va transport kapsulalari qisman vakuum şaroitida yuqori tezlikda harakatlana oladi. The Boring Company’ning bildirişiça, loyihaning amalga oşirilişi Ostin va San-Antonio örtasidagi yöl vaqtini sanoqli daqiqalargaça qisqartiriş imkonini beradi, bu esa yerusti avtomobil trassalaridagi tirbandlikni sezilarli darajada kamaytiradi va hududning transport boğlanişini yaxşilaydi.
Ilon Mask ilk bor yuqori tezlikdagi vakuumli Hyperloop poyezdlari ğoyasini 2013 yilda elon qilgan edi. Öşandan beri kontseptsiya AQŞdagi turli yönalişlar uçun bir neça bor muhokama qilingan, biroq hozirça kompaniya Las-Vegasdagi amaldagi kompleks kabi Tesla elektromobillari uçun möljallangan yerosti Loop tonnellarini yaratişga etibor qaratgan. Texasda taklif etilgan loyiha boşlanğiç muhokama bosqiçida turibdi va mahalliy hokimiyat organlari bilan kelişişni, ekologik tasirni baholaşni hamda moliyalaştiriş masalalarini hal qilişni talab etadi.