Çirçiqda ijara xonadonini narkolaboratoriya qilganlar uşlandi
21-09-2026, 16:00
63 марта
Çirçiq şahrida ijaraga olingan xonadonda giyohvandlik vositalarini tayyorlaş va sotiş bilan şuğullangan 4 nafar şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida 2000 va 2002 yillarda tuğilgan şaxslar qölga olingan. Ular köp qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, Telegram messenjeridagi xorijlik kuratorlar tomonidan kontrabanda yöli bilan yetkazib berilgan “gaşiş moyi” va yarim tayyor mahsulotlarni qayta işlab, “gaşiş” giyohvandlik vositasini tayyorlab kelgan.
Xonadon közdan keçirilganda taxminiy oğirligi 400 gramm bölgan “gaşiş”, 5 kilogramm yarim tayyor mahsulot, giyohvandlik vositalarini quritiş uçun möljallangan elektr peç, mikser, qölqoplar, himoya vositalari, tarozi hamda yelim idişlar aniqlangan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida uşlangan şaxslarning 1 nafari avval Rossiyaga, 2 nafari esa Vetnam va Tailandga borib, laboratoriya şaroitida giyohvandlik vositalarini tayyorlaş bilan şuğullangani ham aniqlangan.
Bildirilişiça, hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-1-moddasi (ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş) 3-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida 17 yoşli maktab öquvçisi Rossiyadan yuborilgan 852,2 gramm gaşişni qabul qilib olayotgan vaqtda qölga olingani haqida xabar berilgan edi.