USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda “geroin”, “gaşiş”, “mefedron” va “opiy” savdogarlari uşlandi

71 марта
Тошкентда “героин”, “гашиш”, “мефедрон” ва “опий” савдогарлари ушланди

Toşkent şahrida qariyb 3,2 kilogramm “geroin”, “gaşiş”, “mefedron” va “opiy” musodara qilinib, bir neça şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, DXXning Toşkent şahar boşqarmasi va poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbir davomida Bektemir tumanida harakatlanayotgan Gentra rusumli avtomobil töxtatilib, tekşirilgan. Avtomobilda Yaşnobod tumanida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan ikki nafar fuqaro bölgani aniqlangan.

Tekşiruv çoğida avtomobil salonidan bir neçta paketlarga qadoqlangan oç sariq rangli kukunsimon moddalar topilgan. Şundan söng gumonlanuvçilar avvaldan yaşirib qöygan xufiya joy hamda ijaraga olgan xonadon közdan keçirilgan. U yerdan ham kukunsimon moddalar, elektron tarozilar va giyohvandlik vositalarini qadoqlaşda foydalanilgan jihozlar aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga köra, musodara qilingan moddalar 1,2 kilogramm “geroin” va 100 gramm “mefedron” ekani tasdiqlangan. Mazkur fuqarolarning har ikkisi ham avval narkotik moddalar bilan boğliq jinoyatlar uçun sudlangan.

Yana bir holatda esa Şayxontohur tumanida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning xonadoni közdan keçirilganda 47 gramm “gaşiş” va 34 gramm “opiy” aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Uşbu şaxsni giyohvandlik vositalari bilan taminlab kelgani aytilgan Olmazor tumanida yaşovçi 1980 va 1985 yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaro ham uşlangan. Ularning avtomobillari va yaşaş manzillari tekşirilganda jami 1,8 kilogramm gaşiş hamda 12 gramm opiy musodara qilingan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda 60 million söm evaziga 133 quti kuçli tasir qiluvçi dori vositalarini sotayotgan şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: