Uç viloyatda 5 kilodan ortiq “gaşiş” va “marixuana” topildi
Qaşqadaryo, Buxoro hamda Farğona viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Qaşqadaryo hududida “Qarşi – Toşkent” yönalişida harakatlanayotgan Cobalt avtomaşinasi tekşirilganda, Andijon viloyatining Buloqboşi tumanida yaşovçi, 1966 yilda tuğilgan fuqaroning qöl sumkasidan 5 kilogramm 32 gramm “gaşiş” giyohvandlik vositasi topilgan va musodara qilingan.
Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida yaşovçi, 1974 yilda tuğilgan fuqaroning tomorqasida esa 33 tup “kannabis” ösimligi parvariş qilinayotgani aniqlangan. Şuningdek, xonadondan 7 kilogramm 79 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi ham aşyoviy dalil sifatida olingan.
Farğona viloyatida ötkazilgan tezkor tadbir davomida “Andijon – Qöqon” yönalişida harakatlanayotgan Lacetti avtomaşinasi töxtatilib, undagi ikki nafar yölovçiga tegişli qoplardan 1200 dona “Tropikamid” kuçli tasir qiluvçi dori vositasi aniqlangan.
Şuningdek, ular bilan birga harakatlanayotgan yana bir şerigi ham qölga olingan. Tezkor tadbirlarning davomi sifatida mazkur noqonuniy faoliyatga aloqador yana ikki nafar şaxs uşlanib, ulardan qöşimça ravişda 345 dona “Tropikamid” va 15 dona “Regapen” dori vositalari musodara qilingan.
Dastlabki malumotlarga köra, uşbu şaxslar kuçli tasir qiluvçi dori vositalarini Qirğizistondan aylanma yöllar orqali olib kirib, sotiş bilan şuğullangan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida qariyb 3 kilogramm “gaşiş” musodara qilingan edi.