USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Uçta viloyatda jami 18 ming tupdan ortiq köknori ekkanlar uşlandi

181 марта

Uçta viloyatda jami 18 ming tupdan ortiq köknori ekkanlar uşlandi

Farğona, Andijon va Toşkent viloyatlarida vertolyot yordamida ötkazilgan tezkor tadbir davomida 18 ming tupdan ortiq köknori va kannabis ösimliklari aniqlanib, yöq qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, IIV va uning hududiy bölinmalari tomonidan “Qoradori–2026” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Farğona, Andijon hamda Toşkent viloyatlarida vertolyot yordamida nazoratli uçişlar amalga oşirilgan. Tadbirlar davomida jami 76 ta holatda 18 254 tup köknori va 254 tup kannabis giyohvandlik ösimliklari aniqlangan. Şuningdek, ayrim fuqarolar tomonidan köknori somoni, köknori boşoği va “marixuana” saqlab kelingani ham foş etilgan.

Qayd etilişiça, tezkor tadbirlar jarayonida eng yirik holatlardan biri Farğona viloyatining Boğdod tumanida qayd etilgan. 1981 yilda tuğilgan fuqaro öz tomorqasida 5 415 tup köknori yetiştirib kelayotgani aniqlanib, giyohvandlik ösimliklari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Bundan taşqari, Quva tumanida bir ayol öz uy xöjaligida 4 600 tup köknori parvarişlayotgani malum bölgan. Tekşiruv vaqtida xonadondan köknori boşoqlari ham topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.

Marğilon şahrida ötkazilgan tadbirda ham 1964 yilda tuğilgan fuqaro tomonidan 3 815 tup köknori yetiştirilayotgani aniqlangan. Şuningdek, uning xonadonida 2 kilogramm köknori somoni saqlanayotgani ham malum bölgan.

Toşkent viloyatidagi holatlardan birida esa qariyb 80 yoşli ayol öz tomorqasida 400 tup köknori parvarişlab kelayotgani aniqlangan. Uning uyida ham giyohvandlik vositalari saqlanayotgani malum bölgan.

Içki işlar vazirligiga köra, aniqlangan barça giyohvandlik ösimliklari yöq qilingan. Mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş) bilan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: