USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Naxiçevan temir yöli qurilişida iştirok etişi mumkin

64 марта
Ўзбекистон Нахичеван темир йўли қурилишида иштирок этиши мумкин

Özbekiston Turkiyaning Samsun va Istanbul portlariga çiqişga xizmat qiluvçi Naxiçevan temir yöli qurilişida iştirok etiş imkoniyatini örganmoqda. Bu haqda bugun, 21 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borişi yuzasidan taqdimotda söz boradi.
 
Qayd etilişiça, Prezidentga “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli qurilişi, Toşkent – Samarqand yönalişida alohida yuqori tezlikdagi temir yöl barpo etiş, hududlardagi temir yöl tarmoqlarini kengaytiriş va elektrlaştiriş loyihalari yuzasidan axborot berilgan. Yuk vagonlari parkini yangilaş, mazkur jarayonga xususiy sektorni keng jalb qiliş takliflari ham muhokama qilingan.

Xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş va dengiz portlari orqali jahon bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari alohida körib çiqilgan.

Kaspiy dengizidagi Oqtau, Turkmanboşi va Baku, Qora dengizdagi Poti va Anakliya portlarida Özbekiston iştirokida logistika infratuzilmasini yaratiş böyiça olib borilayotgan işlar taqdimot qilingan. Xususan, Poti portida logistika markazini taşkil etiş böyiça bitim imzolangan, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqilmoqda. Anakliya portini rivojlantirişda, şuningdek, Turkiyaning Samsun va Istanbul portlariga çiqişga xizmat qiluvçi Naxiçevan temir yöli qurilişida iştirok etiş imkoniyatlari örganilmoqda.

Mazkur loyihalar töqimaçilik, kimyo, qişloq xöjaligi va kon-metallurgiya mahsulotlarini taşqi bozorlarga yetkazib beriş yönalişlarini diversifikatsiya qilişga xizmat qiladi. Xalqaro yölaklardan samarali foydalaniş uçun yurtimizdagi logistika markazlari tarmoğini ham kengaytiriş zarurligi bildirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: