USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Deputatlar temir yöl sohasidagi kamçiliklar haqida gapirdi

186 марта

Deputatlar temir yöl sohasidagi kamçiliklar haqida gapirdi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida transport vaziri Ilhom Mahkamovning temir yöl transporti sohasida davlat siyosati ijrosi, infratuzilmani rivojlantiriş hamda yölovçi va yuk taşiş xizmatlarini takomillaştiriş böyiça axboroti eşitildi.

Mamlakatda temir yöl orqali taşişlarga talab oşib borayotgan bir paytda mavjud harakat tarkibi va işlab çiqariş quvvatlari ehtiyojni töliq qondiriş uçun yetarli emasligi qayd etildi.

Şuningdek, temir yöl sohasida davlat iştirokidagi korxonalarning ustun mavqei saqlanib qolayotgani ham tanqidiy baholandi. Deputatlar vazirlikka vagonlar parkini kengaytiriş va ularning sifatini yaxşilaş böyiça çoralarni kuçaytirişni tavsiya qildi.
Muhokamalarda xususiy sektor iştirokini kengaytiriş orqali raqobat muhitini şakllantiriş, investitsiyalarni jalb qiliş va xizmatlar sifatini oşiriş muhimligi takidlandi.

Şu bilan birga, amalga oşirilayotgan temir yöl loyihalarini jadallaştiriş, yangi yönalişlar va infratuzilma obektlarini barpo etiş böyiça işlar suratini oşiriş zarurligi qayd etildi.

Xalq vakillari temir yöl tarmoğini modernizatsiya qilişda ekologik yondaşuvlarga alohida etibor qaratiş lozimligini bildirdi. Xususan, «yaşil texnologiyalar»ni joriy etiş va temir yöllarni elektrlaştiriş kölamini kengaytiriş böyiça takliflar ilgari surildi.

Şuningdek, sohada raqamlaştiriş va şaffoflikni taminlaş maqsadida elektron xizmatlar turlarini köpaytiriş, aholi va tadbirkorlar uçun qulayliklarni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Majlis yakunlariga köra, transport vazirining axboroti yuzasidan Qonunçilik palatasining tegişli qarori qabul qilindi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: