USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda hindistonliklarni talabalikka qabul qilmaslik böyiça körsatma berildimi?

357 марта
Ўзбекистонда ҳиндистонликларни талабаликка қабул қилмаслик бўйича кўрсатма берилдими?

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy talim taşkilotlariga Hindiston hamda Bangladeş fuqarolarini talabalikka qabul qilmaslik böyiça oğzaki körsatma berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq uşbu malumot haqiqatga töğri kelmaydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati raddiya elon qildi.

Qayd etilişiça, joriy öquv yilidan boşlab xorijlik abituriyentlarni Özbekiston oliy talim taşkilotlariga qabul qiliş jarayoni “Study in Uzbekistan” yagona elektron platformasi orqali amalga oşirilmoqda. Platforma xorijlik abituriyentlarga Özbekistondagi oliy talim taşkilotlari, talim dasturlari, qabul şartlari va tölov miqdorlari haqida yagona manba orqali malumot oliş, hujjatlarni elektron tarzda topşiriş va ariza holatini kuzatiş imkonini beradi.

“Yangi tizimning asosiy maqsadi – xorijlik abituriyentlar uçun qabul jarayonini yanada oçiq va şaffof qiliş, ularni turli vositaçilarga boğliq holatdan çiqarib, oliy talim taşkilotlari bilan töğridan-töğri muloqot qiliş imkoniyatini yaratişdir. Platformada röyxatdan ötiş bepul bölib, abituriyent tanlagan oliy talim taşkilotiga bevosita ariza topşirişi mumkin”, deyiladi xabarda.

Bildirilişiça, şu bilan birga, Özbekiston xorijiy talabalar oqimini çeklaşdan emas, aksinça, uni kengaytirişdan manfaatdor. Bu borada asosiy maqsad xorijiy talabalar geografiyasini kengaytiriş, Özbekistonning talim oliş uçun jozibador mamlakat sifatidagi imkoniyatlarini dunyoning turli davlatlarida keng tarğib qiliş va talim eksportini barqaror rivojlantirişdan iborat.

Xorijiy talabalarni qabul qiliş hajmi esa har bir oliy talim taşkilotining mavjud imkoniyatlaridan kelib çiqib oliy talim taşkiloti tomonidan belgilanadi. Bunda talim muassasasining öquv auditoriyalari, öquv-laboratoriya bazasi, professor-öqituvçilar salohiyati, talabalar turar joylari va boşqa infratuzilma imkoniyatlari hisobga olinadi.

Xorijlik abituriyentlarga Özbekistonda talim oliş uçun rasmiy “Study in Uzbekistan” platformasidan foydalaniş, qabul şartlari böyiça malumotlarni bevosita tanlangan oliy talim taşkilotidan oliş va turli vositaçilarga asossiz tölovlarni amalga oşirmaslik tavsiya etiladi. Agar xorijlik abituriyent qabul jarayonida muayyan muammoga duç kelsa, bu haqda platformadagi rasmiy murojaat kanallari orqali xabar berişi mumkin.

Milliy statistika qömitasi malumotlariga köra, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet el fuqarolari öqiş maqsadida Özbekistonga kelgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 11,5 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oşgan.

Mazkur davrda Özbekistonga öqiş maqsadida kelgan çet el fuqarolari soni mamlakatlar böyiça quyidagiça:

  • Turkmaniston – 9 207 nafar;
  • Hindiston – 3 723 nafar;
  • Tojikiston – 1 915 nafar;
  • Xitoy – 951 nafar;
  • Qirğiz Respublikasi – 834 nafar;
  • Pokiston – 689 nafar;
  • Misr – 603 nafar;
  • Koreya Respublikasi – 526 nafar;
  • Filippin – 367 nafar;
  • AQŞ – 302 nafar;
  • Boşqa davlatlar – 1 925 nafar.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: