Samarqandda öquvçilar maktabga eşakda qatnamoqda
Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida maktab öquvçilari maktabga eşakda qatnamoqda. Bu haqda viloyat Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi xabar qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining toğli hududidagi maktab öquvçilari uzoq masofadan talim muassasasiga eşaklarda qatnayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Videoda holat Kattaqörğon tumani Mavlonsoy qişloğida sodir bölgani aytilgan. Biroq viloyat Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi bu malumotni rad etgan.
Boşqarma malumotiga köra, video Mavlonsoyda emas, balki tuman markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylaşgan “Burgansoy” MFY Olmosuvon qişloğidagi 84-sonli umumiy örta talim maktabida tasvirga olingan.
Bildirilişiça, uşbu hudud Qöşrabot tumani bilan çegaradoş bölib, toğ yonbağirlaridagi kiçik va tarqoq qişloqlardan iborat. Içki yöllar esa asosan söqmoqlardan taşkil topgan.
Ayni paytda maktabning asosiy binosida 92 nafar, filialida esa 21 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Filial bilan asosiy bino örtasidagi masofa 3 kilometrni, asosiy binoga qatnaydigan eng olis masofa esa 4 kilometrni taşkil etadi.
Uşbu maktabda 5–11-sinflarda jami 74 nafar öquvçi tahsil oladi. Ularning 45 nafari Olmosuvon qişloğidan, 13 nafari filial hududidagi Qöşamazor qişloğidan, 17 nafari Tölali qişloğidan va 17 nafari Jilqihaydar qişloğidan asosiy binoga qatnaydi.
Talim boşqarmasiga köra, hududning toğli ekani va aholi punktlarining tarqoq joylaşgani sababli mahalliy aholining aksariyati, jumladan, kundalik harakatlanişda ot-ulovlardan foydalanadi.
“Hozirda mutasaddi taşkilotlar tomonidan uşbu olis va toğli hududlarda öquvçilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnaşlarini taminlaş, şuningdek, yöl infratuzilmasini yaxşilaş böyiça tegişli çora-tadbirlar dasturi körib çiqilmoqda”, deyiladi munosabatda.