Milliy kutubxona ortida ekologik ekspertizasiz avtoturargoh quriş mumkin emas – Ekoqömita
Avvalroq, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda avtoturargoh taşkil etiş va hududni obodonlaştiriş loyihasi rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur loyiha yuzasidan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi munosabat bildirdi.
Qömitaga köra, mazkur loyiha böyiça hozirça ekologik ekspertiza xulosasi mavjud emas. Şu sababli, hududda har qanday quriliş va obodonlaştiriş işlari, jumladan daraxt va butalarga, yaşil maydonlarga hamda tuproq qoplamiga tasir körsatişi mumkin bölgan işlar tegişli ekologik baholaşdan ötkazilmasdan amalga oşirilişi mumkin emas.
Loyihada 1 000 dan ortiq daraxt va buta ekilişi rejalaştirilgani qayd etilgan. Biroq yangi köçatlar mavjud köp yillik daraxtlar va şakllangan yaşil hududlarning ekologik, iqlimiy va rekreatsion ahamiyatini töliq örnini bosa olmaydi.
“Qömita hududdagi mavjud yaşil maydon va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qoliş, ularni töliq xatlovdan ötkaziş hamda loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan ötkaziş zarur, deb hisoblaydi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi Toşkent şahridagi mavjud yaşil hududlar qisqarişining oldini oliş, jamoat parki uçun belgilangan hududni saqlab qoliş, undan faqat belgilangan maqsadlarda foydalaniş va aholi manfaatlarini taminlaş şart, deb hisoblaşini malum qilgan edi.