USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saida Mirziyoyeva hozirgi dunyo haqida Özbekistonning qatiy pozitsiyasini aytdi

98 марта
Саида Мирзиёева ҳозирги дунё ҳақида Ўзбекистоннинг қатъий позициясини айтди

Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Boş Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, özaro işonç esa yöqolib borayotgan hozirgi dunyoda Özbekistonning qatiy pozitsiyasi haqida nutq sözladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Malum qilinişiça, bugun, 24 sentyabr kuni tongda (AQŞ vaqti bilan 23 sentyabr kuni) Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Amerika Qöşma Ştatlarining Nyu-York şahrida, Birlaşgan Millatlar Taşkilotida bölib ötayotgan taşkilotning kengaytirilgan Boş Assambleyasining 81-sessiyasida nutq sözlagan. Unda Saida Mirziyoyeva bir qança global va dolzarb masalalarga töxtalgan.

Prezident Administratsiyasi rahbari nutqida hozirgi dunyo haqida Özbekistonning qatiy pozitsiyasini bildirib ötgan. Uning aytişiça, Özbekiston tinçlik, oçiqlik va hamkorlik pozitsiyasida.

“Tanlagan yölimiz aniq – oçiqlik, yaxşi qöşniçilik va muloqot. Biz tinçlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini ezozlaş tarafdorimiz”, degan Saida Mirziyoyeva.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari nutqida Markaziy Osiyodagi tub özgarişlar, Özbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, suniy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini taminlaş masalalariga töxtalib ötgan.

“Bugun heç bir davlat global muammolarni yolğiz özi hal eta olmaydi. Özbekiston işonç va özaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etiş yölida munosib hissasini qöşişga doimo tayyor”, deya qayd etgan Saida Mirziyoyeva.

Eslatib ötamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ Saida Mirziyoyeva bugun, 24 sentyabr kuni (AQŞ vaqti bilan 23 sentyabr) Birlaşgan Millatlar Taşkilotida bölib ötayotgan taşkilotning Boş Assambleyasi 81-sessiyasi doirasida sözlagan nutqi davomida Özbekiston uçun inson qadri, uning huquq va manfaatlari har qanday harbiy hamda iqtisodiy salohiyatdan ustun turişi, mamlakat kelgusi yilda Qöşilmaslik harakatiga raislik qilişi, Özbekiston qöşni Afğonistonni yolğiz qoldirmasligi hamda butun Markaziy Osiyo mamlakatlari endi bir-biriga raqib emas, şerik sifatida qaray boşlagani töğrisida aytib ötgani haqida xabarlar tayyorlagandi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: