Prezident Andijonda aholi daromadlarini oşiriş yuzasidan yiğiliş boşladi
Bugun, 24 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va aholi daromadlarini oşiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazilmoqda. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot kotibi Şerzod Asadov malum qildi.
Bildirilişiça, yiğiliş avvalida joriy yilning birinçi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga ösgani qayd etilgan.
“Bizga ösişdagi raqamlar emas, balki har bir körsatkiç har bir oilaning kundalik hayotiga qanday özgariş olib kirgani muhim”, degan davlat rahbari.
Şuningdek, Andijonda yer va tabiiy boyliklar çeklangan bölsa-da, harakatçan aholi, kuçli tadbirkorlik ruhi, köp sonli yoşlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi takidlangan.
Qayd etilişiça, sönggi ön yilda viloyatga respublika byudjetidan 20 trillion söm, banklar tomonidan tadbirkorlik uçun 90 trillion söm yönaltirilgan. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oşirişga 6 trillion söm ajratilgan.
Prezident raisligida ötayotgan yiğilişda hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar yuqoridagi resurslarga munosib natijaga aylanişi zarurligi körsatib ötilgan.
Eslatib ötamiz, keça, 23 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon şahridagi Boburşoh köçasining ikki qismini boğlovçi yangi yöl ötkazgiç bilan tanişgandi.