Xorazmda 81 ming kambağal aholining holati örganildi
Xorazm viloyatida iqtisodiy kompleksning barça rahbarlari ikki hafta davomida 81 ming kambağal aholi, yani 19 ming oilaning holatini örgandi. Bu haqda bugun, 3 sentyabr kuni Özbekiston yetakçisining matbuot kotibi Şerzod Asadov malum qildi.
Qayd etilişiça, Prezident topşiriğiga köra, iqtisodiy kompleksning barça rahbarlari Xorazmda qolib, kambağallik bilan işlaş tizimini özgartiriş böyiça tahlil ötkazgan.
Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambağal aholi, yani 19 ming oilaning holati örganilgan. Uşbu oilalarda 12 ming işsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlangan.
Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar quriliş sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming işçi izlamoqda.
Bildirilişiça, masullarga işsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga öqitib, iş bilan taminlaş imkoniyatlarini işga soliş vazifasi qöyilgan.
Mavjud böş iş örinlari va kasbga tayyorlaş imkoniyatlaridan foydalaniş orqali kambağal oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oşiriş mumkinligi qayd etilgan.
Malumot uçun, bugun, 3 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq mazkur yiğilişda Şavkat Mirziyoyev ayrim hudud rahbarlari qölidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni işli qilişga bilimi yoki toqati yetmayotganini aytgandi.