Mirziyoyev işsiz yurgan 92 ming bitiruvçini işga joylaştiriş yölini aytdi
8-08-2025, 17:59
122 марта

Mirziyoyev işsiz yurgan 92 ming bitiruvçini işga joylaştiriş yölini aytdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev hozirda band bölmagan 92 ming bitiruvçini işga joylaştiriş va qöşimça iş örinlarini yaratiş yönalişlarini körsatib ötdi. Bu haqda u bugun, 8 avgust kuni oliygohlar bitiruvçilarini işga joylaştiriş böyiça kengaytirilgan yiğilişda malum qildi.Şuningdek, har bir viloyatda biznes-inkubatorlar taşkil qilib, ularda tadbirkorlik startaplari, marketing, dizayn, AT xizmatlari orqali 15-20 ming bitiruvçini band qiliş topşirildi.
Bundan taşqari, kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya, farmatsevtika tarmoqlarida 10 ming muhandis, texnolog, operator, standartlaş, sifat nazorati, moliya, iqtisodiyot yönalişi bitiruvçilarini işga joylaş imkoniyati bor. Şuningdek, töqimaçilik, çarm, elektrotexnika, quriliş materiallari, oziq-ovqat kabi mahalliy sanoat tarmoqlarida 5-7 ming bitiruvçini doimiy iş bilan taminlaş mumkin.
Mutasaddilarga 6 ming bitiruvçini transport, logistika, yöl, quriliş, kommunal sohalar bilan qamrab oliş, pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy himoya, madaniyat, sanat sohalari muassasalari va öquv markazlarida 10 ming bitiruvçini işli qiliş topşirildi. Yana 30 ming bitiruvçiga esa biznesini yölga qöyişga kömaklaşiladi.