USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston har bir talaba uçun yiliga qança pul sarflayotgani aytildi

154 марта

Özbekiston har bir talaba uçun yiliga qança pul sarflayotgani aytildi

Özbekistonda har bir talabani oliygohda öqitib, mutaxassis qilib tayyorlaş uçun davlat yiliga 25-30 million söm sarflamoqda. Bu haqda bugun, 8 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvçilarini işga joylaştiriş böyiça kengaytirilgan yiğilişda malum qilindi.
Yiğilişda oxirgi 7 yilda oliy talimda qabul 4,5 barobar oşib, qamrov 42 foizga yetgan bölsada, kadrlar tayyorlaş tizimi real ehtiyojga mos emasligi qayd etildi. Misol uçun, yiliga 20 ming avtomobil çiqarayotgan zavodda 100 ta böş iş örni bor. Şuning törtdan biri – robototexnika va böyoqlaş, robotlarni dasturlaş muhandislari.

Zavodda kadr yetişmayotgani uçun xorijdan 80 nafar mutaxassis kelib işlamoqda. Zavod 4-5 yilda töliq quvvatga ötib, yiliga 500 ming avtomobil çiqarişni boşlasa, 4 ming nafar oliy malakali kadrlar kerak böladi.

“Bu – bitta loyiha böyiça hisob-kitoblar. Yaqin 3-4 yilda işga tuşadigan 83 milliard dollarlik yirik loyihalar hisobiga sanoatni özida 500 mingga yaqin kadr zarur”, dedi davlat rahbari.

Yiğilişda oliygohlar tayyorlayotgan kadrlar bilan iş beruvçilarning talabi örtasida farq katta ekani körsatib ötildi. Misol uçun, yengil sanoatning özida 4 ming nafar oliy toifali kadrlarga ehtiyoj bor. Bu yönalişda yiliga örtaça 2,5 ming talaba bitirgani bilan, ular korxonalardagi zamonaviy uskunalarda işlaşni bilmagani uçun 42 foizi işga joylaşa olmayapti. Oqibatda tadbirkorlar çetdan tayyor mutaxassis jalb qilişga majbur bölmoqda.
Davlat rahbari işga joylaşişni hisob-kitob qilişdagi kamçiliklarni tanqid qildi. Bu yilgi 231 ming oliygoh bitiruvçisidan 125 mingi iş topdi, deb hisobot berilayotgani bilan işli bölganlarning 42 mingi özini özi band qilgani aniqlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: