Endi rektorlar Garvardda öqib keladi
8-08-2025, 17:58
158 марта

Endi rektorlar Garvardda öqib keladi
“Yangi Özbekiston” universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi. Bu haqda bugun, 8 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvçilarini işga joylaştiriş böyiça kengaytirilgan yiğilişda malum qilindi.Öquv kursida eng yaxşi natija körsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oşiriş uçun Garvard universitetiga yuboriladi.
Şuningdek, köp masalalarda rektorlarga mustaqillik beriladi. Avvalo, barça oliygohlar taşkiliy va akademik mustaqil böladi. Yani, rektor örinbosarlarini özi tayinlaydi (amaldagi tartibga köra, vazirlik bilan kelişiş kerak).
Bunda har bir nomzod oliygoh kengaşida özining yillik dasturini himoya qiladi. Rektorlar belgilangan moliyalaştiriş va ştati doirasida professor-öqituvçilar va boşqaruv xodimlarini özi taqsimlaydi. Bundan taşqari, rektorlarga “super” kontrakt summasini tabaqalaşgan holda belgilaş vakolati beriladi.
Davlat rahbari rektorlar vakolatini kengaytiriş va masuliyatini oşiriş böyiça yangi tizim joriy qiliş zarurligini takidladi. Endilikda, “Yangi Özbekiston” universitetining baholaş tizimi oliygohlarda ham yölga qöyiladi. Moliyalaştiriş oliygohlar töplagan ballariga qarab amalga oşiriladi.
Oliygohlarga bitiruvçilar bandligiga qarab – 40 ball, ilmiy tadqiqotlar uçun tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotişiga qarab – 30 ball, ilmiy salohiyati, tan olingan xalqaro jurnallardagi maqolalari uçun – 20 ball; tadqiqotlar uçun jalb qilgan mahalliy va xorijiy grant uçun 10 ballgaça beriladi. Masalan, Qarşi texnika universiteti jami ballarning 85 foizini töplasa, bu yilgi byudjetdan berilayotgan 78 milliard sömga qöşimça 20 foizlik bonus beriladi. Agar 56 foizdan kam töplasa, keyingi öquv yiliga moliyalaştiriş qisqaradi.