Andijonda yana 7 ta $20 millionlik tovuq göşti kompleksi barpo etiladi
Andijonda kelgusida qöşimça 20-30 ming iş örni yaratiladi. Viloyatda dala çetlaridagi yerlardan samarali foydalaniş maqsadida mana şunday yerlarning 200 gektarida çorva boqiş uçun şaroit yaratiladi hamda Uluğnordagi 1 ming 200 gektar maydonda Baliqçi tumani tajribasi asosida baliqçilik klasteri taşkil etiladi. Bu haqda bugun, 24 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va aholi daromadlarini oşiriş masalalari böyiça ötkazilayotgan yiğilişida malum qilindi.
Malum qilinişiça, endi Andijondagi loyihalar menejeri viloyatning yangi investitsiya modelini yaratişga masul böladi. Yiğilişda Qoraqalpoğiston tajribasi asosida qolgan 13 ta hudud uçun ham loyihalar menejeri lavozimlari joriy etilişi belgilangan.
Bu jarayonda har bir tumanning sanoat, xizmatlar va qişloq xöjaligi imkoniyatlari suniy intellekt yordamida baholanadi. Yuqori qöşilgan qiymat yaratiş imkoni bölgan sohalar aniqlanib, xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş rejasi işlab çiqiladi.
Şuningdek, aylanmasi 100 milliard sömdan yuqori 104 ta korxona faoliyatini kengaytiriş orqali qöşimça 20-30 ming iş örni yaratiş böyiça loyihalar tayyorlanadi. Aylanmasi 1 trillion sömdan oşgan 4 ta korxonada texnologik modernizatsiya hisobiga qöşilgan qiymatni 40-50 foizga köpaytiriş çoralari köriladi.
Kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy ösişni taminlaş, 5 milliard dollar investitsiya jalb qiliş va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyilgan.
Bundan taşqari, oziq-ovqat xavfsizligini taminlaş uçun çorvaçilik, parrandaçilik va baliqçilikda yirik komplekslarni köpaytiriş vazifalari ham belgilangan.
Jumladan, Uluğnorda paxtadan ozuqa ekinlariga ötkazilgan 5 ming gektar maydon kamida 10 ming boş qoramol boqiş imkonini berişi takidlangan. Dala çetlaridagi yerlardan samarali foydalaniş orqali ham çorvaçilikni kengaytiriş mumkinligi aytilgan. Yiğilişda yil yakunigaça şunday maydonlarning kamida 200 gektarida çorva boqiş uçun şaroit yaratiş, Uluğnor va Böstonda yirik çorvaçilik komplekslari loyihalarini işlab çiqiş vazifalari topşirilgan.
Şuningdek, Baliqçida işga tuşirilgan 20 million dollarlik tovuq göşti kompleksi tajribasi asosida Jalaquduqda 4 ta, Xöjaobodda 3 ta şunday kompleks loyihasini boşlaş vazifasi qöyilgan. Uluğnordagi 1 ming 200 gektar maydonda Baliqçi tumani tajribasi asosida baliqçilik klasteri taşkil etilişi ham qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq mazkur yiğilişda Şavkat Mirziyoyev masullarga Asakada avtomobilsozlik va maşinasozlik böyiça şakllangan 30 yillik tajriba asosida öz texnologiyalarini yaratişga ötiş hamda “Asaka muhandislik vodiysi”ni taşkil etiş vazifasini bergandi.