USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda baliq ovlaş pulli böladimi?

112 марта
Ўзбекистонда балиқ овлаш пулли бўладими?

Özbekistonda umumiy foydalanişdagi suv havzalarida 5 kilogrammaça baliqni bepul ovlaş imkoniyati bekor qilinmaydi. Bu haqda Baliqçilik qömitasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 kg gaça baliq ovlaş ham pulli bölişi haqida turli xabarlar tarqalgandi. Qayd etilişiça, amaldagi qonunçilikka köra, umumiy foydalanişda bölgan suv havzalarida taqiqlanmagan qurol va usullardan foydalangan holda 5 kilogrammaça baliqni bepul ovlaşga ruxsat etiladi. Uşbu tartib özgarmaydi va baliq ovlaşning mazkur turi pulli qilinmaydi.

Şu bilan birga, Prezidentning joriy yilning 2 iyuldagi “Baliqçilik tarmoğini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 122-son Farmonining 3-ilovasi 4-bandida sport-havaskor baliq ovlaş va ekoturizm uçun taşkil etilgan xizmatlarni yagona tizimga jamlaş közda tutilgan.

Unga köra, sport-havaskor baliq ovlaş uçun şaroit yaratgan xöjaliklar öz xizmatlarini ixtiyoriy ravişda yagona platformaga joylaştirişi mumkin. Unda suv havzasining manzili, baliq ovlaş uçun yaratilgan şaroitlar, mavjud xizmatlar, bir kunlik baliq ovlaş narxi hamda böş joylar va ularning bandligi haqidagi malumotlar körsatiladi.

Havaskor baliq ovlovçilar “Fişermen ID” tizimi orqali öziga qulay hududni tanlaşi, şaroit va narxlar bilan tanişişi hamda böş joylarni oldindan band qilişi mumkin. Xizmat uçun tölov amalga oşirilgaç, elektron QR-kodli çek taqdim etiladi.

Fuqaro uşbu çek asosida belgilangan kuni borib, xöjalik tomonidan sport-havaskor baliq ovlaş va ekoturizm uçun taşkil etilgan şaroitlardan foydalanadi. Baliqçilik qömitasi mazkur tizim umumiy foydalanişdagi suv havzalarida bepul baliq ovlaş imkoniyatini bekor qilmasligini bildirgan.

“Tizimning asosiy maqsadi – baliq ovlaşni istagan fuqarolarga sport-havaskor baliq ovlaş va ekoturizm uçun yaratilgan mavjud xizmatlar, ularning joylaşuvi, şaroitlari, narxlari va böş joylari haqida yagona platforma orqali qulay va oçiq malumot oliş imkoniyatini yaratişdan iborat”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yil 1 avgustdan 2028 yil 1 yanvargaça yöqolib ketiş xavfi yuqori bölgan ayrim yovvoyi hayvonlarni ovlaşga taqiq joriy etilişi haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: