Xorazmda 26 apreldan boşlab tabiiy suv havzalarida baliq ovlaş taqiqlandi
28-04-2026, 13:44
201 марта
Xorazmda 26 apreldan boşlab tabiiy suv havzalarida baliq ovlaş taqiqlandiXorazm viloyati hududida 2026 yil 26 apreldan 10 iyunga qadar tabiiy suv havzalarida baliq ovlaş qatiyan man etiladi. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, mazkur çeklov Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi tomonidan 2026 yil 10 martda qabul qilingan 80-sonli buyruq asosida joriy etilgan. Uşbu qaror baliqlarning uruğlaniş (köpayiş) davrida ularni muhofaza qiliş maqsadida qabul qilingan.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi hamda ekopolitsiya xodimlari tomonidan tun-u kun kuçaytirilgan reyd tadbirlari ötkazilmoqda. Reydlar davomida qonunbuziliş holatlari aniqlansa, aybdor şaxslarga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy çoralar köriladi.
Şuningdek, fuqarolardan baliq ovlaş bilan boğliq noqonuniy holatlarga befarq bölmaslik söralmoqda. Agar şunday holatlarga duç kelinsa, Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasining işonç raqami — +998 (62) 224-14-89 orqali murojaat qiliş mumkin.
Mutaxassislar takidlaşiça, mazkur çeklovlar tabiiy resurslarni asraş, bioxilma-xillikni saqlaş va kelgusi avlod uçun soğlom ekologik muhitni taminlaşda muhim ahamiyatga ega.