Xitoy Özbekistonga sotilgan qiruvçi samolyotlar böyiça izoh berdi
Avvalroq, Xitoy ijtimoiy tarmoqlari va harbiy tahlilçilari törtta Çengdu J-10CE köp maqsadli qiruvçi samolyoti Özbekiston Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy-havo kuçlariga yetkazib berilganini davo qilgandi. Joriy yilning avgust oyi oxirida Özbekiston Mudofaa vazirligi nomini tilga olmagan holda mamlakat havo sarhadlarini qöriqlayotgan “zamonaviy qiruvçi samolyotlar”ni namoyiş qildi.
Uşbu qiruvçi samolyotlar Xitoyda işlab çiqarilgan J-10 qiruvçilarining eksport versiyasi – J-10CE hisoblanadi. Samolyotlarining Özbekistonga yetkazib berilişi uçinçi mamlakatlarga qarşi qaratilmagan. Bu haqda bugun, 24 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Tszyan Bin Xitoy Mudofaa vazirligida ötkazilgan matbuot anjumanida OAV vakillarining savollariga javob beriş jarayonida aytdi.
“Xitoy va Özbekiston örtasidagi, şuningdek, ikki mamlakat qurolli kuçlari örtasidagi munosabatlar döstona xususiyatga ega. Tomonlar örtasida harbiy savdo sohasidagi hamkorlikning meyoriy rivojlanişi xalqaro huquq va xalqaro amaliyotga mos keladi hamda başarti biror-bir uçinçi tomonga qarşi qaratilmagan”, deydi u.
Malumot uçun, joriy yilning avgust oyi oxirida Özbekiston Mudofaa vazirligi ilk bor Xitoyda işlab çiqarilgan va qurollanişga qabul qilingan J-10CE qiruvçi samolyotlari aks etgan videoni elon qilgan edi. Özbekiston Pokistondan keyin uşbu qiruvçi samolyotlarning ikkinçi xorijiy buyurtmaçisiga aylandi. Turli davrlarda Jazoir, Bangladeş, Misr, Indoneziya va Sudan ham uşbu samolyotlarga qiziqiş bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Braziliyaning Embraer kompaniyasidan C-390 Millennium harbiy-transport samolyotlarini sotib olişi haqida xabar berilgan edi.