Xorvatiyaga yuboriş uçun $3600 talab qilgan şaxs qölga tuşdi
24-09-2026, 20:30
52 марта
Namangan va Farğonada fuqarolarni xorijga işga yuboriş hamda Umra ziyoratini taşkil etiş vadasi bilan minglab dollar olgan şaxslarning noqonuniy faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Namangan şahrida yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan şaxs Töraqörğon tumanida istiqomat qiluvçi ikki fuqaroning işonçiga kirib, ularni tanişlari orqali Xorvatiyaga işga yuborişni vada qilgan. Buning evaziga ulardan jami 3600 AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda uşbu şaxs fuqarolardan oldindan 1000 AQŞ dollari olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, Farğona viloyatining Buvayda tumanida esa 1969 yilda tuğilgan şaxs tegişli vakolatga ega bölmaganiga qaramay, ikki nafar mahalliy fuqaroni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborişni vada qilgan. U buning evaziga 2200 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan uşlandi.
Bildirilişiça, hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni vada qilib, pul talab qilgan ikki şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.